Get Mystery Box with random crypto!

Ramazonu sharif tugamasaydi. Kun va tun, oylarni quvlamasaydi | Ravshanbek Azizjon oʻgʻli

Ramazonu sharif tugamasaydi.

Kun va tun, oylarni quvlamasaydi.
Yuraklar urishdan, to'xtamasaydi.
Qalblarga yaxshilik, ulashgan damlar.
Ramazonu sharif, tugamasaydi.

Ramazon ham bizga, Allohdan ne'mat,
Bu kunlarda baxtli, jamiki umat.
Bu oyga o'zgacha hammada hurmat.
Ramazonu sharif, tugamasaydi.

Har kimda bo'y cho'zar, yaxshi fazilat.
Uyquga ketganday, yovuz bir ilat.
Balki bu ramazon, bergan bir ziyat.
Ramazonu sharif, tugamasaydi.

Hamma ham intilar, yaxshilik tomon,
Kimgadir yaxshiman kimgadir yomon.
Shu sabab qalbimda, bir istak hamon,
Ramazonu sharif, tugamasaydi.

Ravshanbek Tohirov