Get Mystery Box with random crypto!

To’lgan daftarlar yoxud aksar tadbirkor tanishlarimiz va bizne | Мысли по поводу...

To’lgan daftarlar yoxud aksar tadbirkor tanishlarimiz va biznesmenlardan eshitadigan odatiy gaplarim.

1. Kichik biznes, shu ham yetadi

- Veb-sayt yoki mobil dastur tayyorlatish qimmat va ko’p vaqt oladi. Undan ko’ra o’zimni daftarimda yoki excel’da hisob kitob qilaveraman.

2. Kichik biznes, kattalashmoqchi, lekin, hali ham CRM’kasi chala, boshi qotgan

- Dasturchilar bilan ishlash qiyin, biznesni yaxshi tushunmaydi. Mashina so’rasam velosiped yasab keladi.

3. O’rta biznes, mazani tatib ko’rgan, ammmo, vaqt o’ylantiryapti

- Biznes jarayonlar tez o’zgaryapti, avvalroq tayyorlatgan dasturimni o’zgartirib, boshqa funksiyalar ham qo’shmasam bo’lmaydi. Ehh, yana palon pul to’lab, bir necha oylar kutish kerak.

4. O’rta biznes, IT’dan umidi uzilish arafasida, ko’p adashgan

- Outsours kompaniyaga buyurtma berganimga 1 yildan oshdi, haligacha dastur tayyor bo’lmadi. Dasturchilarni ishga olib, o’zim qildirsam bo’lar ekan.

5. O’rta biznes, kattalasholmayapti

- Avtomatizatsiya yetarlicha emas, ishlab chiqarishni ko’paytirsam yana buxgalter, hisobchilar ishga olish kerak, ishonchli bo’lmasa o’g’rilik ko’payadi, mdaa.

Haqiqatdan, IT bilan bosh og’riq ko’p. Aslida, biznesga yechim kerak, kod emas. Yechim hozir kerak, 1 yildan keyin emas.

Bugungi kunda biznes avtomatizatsiyasi qimmat turadi,  ko‘p vaqt va energiya talab qiladi. Dastur yaratilgandan so‘ng, biznesingizdagi protsesslar o‘zgarsa, dasturga yana vaqt va sarmoyalar kerak bo‘ladi. Shu sabab ko‘p kichik va o‘rta bizneslar avtomatizatsiyaga moliyaviy tarafdan sharoiti yetmaydi. Tayyor yechimlar esa har doim ham to‘g‘ri kelmaydi. 

Yechim Development tarafdan bu muammolarga sifatli va qulay narxdagi yechimlar bor. Biz dasturlarimizni no-code yordamida yaratmiz, va shu orqalik oz mijozlarimizga kam vaqt ichida sifatli yechim bera olamiz. Biz sizning biznesingizni o’rgangan holda, unga mos dastur yoki anologik optimal yechim yaratib beramiz