Get Mystery Box with random crypto!

Haq bo'lishga intilish Haq bo'lib chiqish insonning shunchala | Mantiq

Haq bo'lishga intilish

Haq bo'lib chiqish insonning shunchalar kuchli chanqoqlaridan biriki, u o'zini nohaq ekanligini bilib tursada buni tan olishga jurat etolmaydi. Chunki, o'zi uchun haq bo'lishdan ko'ra boshqalar ko'z oldida haqdek tuyilish yoqimliroq. Haq bo'lib ko'rinish uchun esa u harqanday usullar (yolg'ondan tortib mansabini suistemol qilish) dan foydalanadi.

Haq bo'lib chiqish uchun qancha kam kuch talab etilsa shuncha yaxshi. Ayniqsa sizning haqligingizni boshqalar isbotlasa undanda a'lo. Jurnalistlar sizning haq ekanligizni tinmay televizorda takrorlashsa, qo'l ostingizdagilar esa qarorlaringiz naqadar oqilona ekanligini bot-bot eslashsa naqadar yaxshi. Albatta boshqalar yordamida o'zining haq ekanligini isbotlash imkoni nafaqat mansabdorlarda balki oddiy insonlarda ham mavjud. Buni ayniqsa futbol fanatlarida yaqqol ko'rish mumkin. U qo'llab-quvvatlayotgan jamoa g'olib bo'ldi - u haq bo'lib chiqdi. Endi bemalol o'zining haq ekanligini hamma joyda maqtanib "nohaq" bo'lganlarni mazah qilishi mumkin. Minimal harakat evaziga maksimal rohat.

Afsuski doim haq bo'lishga intilish sira ham to'g'ri qaror qabul qilishga yordam bermaydi. Balkim, haq ekanligini, adashmaganligini ko'rsatish uchun u ahmoqona bahonalar o'ylab topadi, bankrot bo'lishi aniq bo'lgan biznesga pul tikishda davom etadi va hali hammasi yaxshi bo'ladi deb o'ziga yoqmaydigan ishda ishlashda davom etadi.

Sizgachi, sizga nima muhim? Adashmaslikmi yoki haq bo'lib chiqish?
@ratsional