Get Mystery Box with random crypto!

#alternativ Maktab formasi Maktab formasini yomonlayotganlarn | Mantiq

#alternativ
Maktab formasi

Maktab formasini yomonlayotganlarning ko'pchilik qismi uning noqulayligi, erkin fikrlashning qisilishi, bolani o'zi xohlamagan narsani kiyishga majburlash degan argumentlar keltirmoqda. Men barcha e'tirozlarni o'rinli deb hisoblayman. Lekin, tanganing faqatgina bir tarafini ko'rib fikr qilishga shoshilmagan ma'qul. Xo'sh, maktabda hamma bir xil formada yurishiga qanday argumentlar bor?

1. Tenglik
Ko'chada yoki ishda sal boshqacharoq kiyinib olgan odamni ko'rsak,darrov uning kiyimi haqida "shivirlash"ni boshlaymiz. Kattalarku boshqalarning gapiga parvo qilmaslikka o'rgangan,ammo bolalarchi? Sal boyroq qatlam bolalari "chiroyliroq" kiyinib kelib, boshqa bolalarning ustidan kulmasligiga javob bera olasizmi?
2. Tanlov mashaqqati.
Ko'chaga chiqayotib nima kiysam ekan, degan savol sizni hech qiynaganmi? O'sha formaga qarshi chiqayotganlarning argumentlarini o'zlariga qarshi ishlataman. Maktab - avvalo, ilm olish uchun. Maktabga borish uchun nima kiysam ekan deb bosh qotirib, vaqt sarflash uchun emas. Buyerda Barak Obamaning gaplarini keltirib o'taman:
"Men nima kiyish yoki nima yeyish haqida o'ylashni yoqtirmayman, mening bundanda muhimroq ishlarim bor"
3. "Tanlov erkinligi".
Tanlov erkinligi deya bong urayotganlar o'zbekning o'g'il - qizlarida (ayniqsa qizlarida) tanlov erkinligi yo'q ekanligidan bexabar ko'rinishadi chog'i. Tanlov erkinligi deganda bolaning emas, balki ularning ota-onalarining tanlov erkinligi deb aytilsa, maqsadga muvofiq bo'lardi. Ixtiyoriy kiyim qo'yib berilsa, dinga mukkasidan ketgan ota-onalar, yosh qizlarini majburlab hijobga o'rantirib qo'yishadi. Erkin kiyinish huquqi berilganda hijobsiz yurgan qizlar avtomatik tarzda yomonotliq qilinadi va ularni jamiyatdan ajratish boshlanadi. Qarabsizki, jamiyat ta'sirida ular ham hijob o'rashga majbur bo'lishadi. Shumi siz jar solayotgan tanlov erkinligi? Men Eron yoki Afg'onistonda yashashni xohlamayman.

Qaror qabul qilayotganda, qanday jamiyatda yashayotganimizni va qanday jamiyat bo'lishga intilayotganimizni ham inobatga olib qo'yaylik.

Firklashdan to'xtamang.
@ratsional