Get Mystery Box with random crypto!

Qiyomat kuni osmon qarsillab yorilib,yulduzlar to’kilib ketadi | Rasululloh Ummatlari

Qiyomat kuni osmon qarsillab yorilib,yulduzlar to’kilib ketadi.

Toğlar gumburlab portlaydi va mayda-chuyda bo’lib,havoda uchib yuradi.

Quyosh ko’kdan pastga tushirilib,yerga yaqin qilib qo’yiladi.

Issiqdan daryo va dengiz suvlari qaynaydi.
U kunda insonlar tashnalikdan qattiq qiynaladilar.

Ammo suv topa olmaydilar.
Shunda Rasululloh sav mo’minlarga Kavsar ko’lidan suv ichiradilar.

Kavsardan bir martda suv ichgan inson qaytib aslo chanqamaydi.

Qiyomat kuni insonlar Sirot ko’prigidan o’tgiziladi.
U ko’prik qildan ingichka,qilichdan o’tkirdir.U do’zaxning ustidan o’tadi.

Kofirlar,munofiqlar va Allohga osiy bo’lganlar Sirotdan o’tolmay do’zaxga yiqiladilar.

Bugun do’zaxdan panoh tiladingizmi?

Robbim agar bu kecha jonimni olsang,meni do’zax olovidan saqla,uni menga harom qil,
Meni jannatinga hisobsiz dohil qilinganlar safida qil! Amiyn

@Rasulullohga_Ummatdirmiz