Get Mystery Box with random crypto!

Alloh sabr qiluvchilarni sevadi, sizga esa sabr haqidagi go'za | Rosululloh ﷺ Ummatlari🌙

Alloh sabr qiluvchilarni sevadi, sizga esa sabr haqidagi go'zal oyatlarni taqdim qilamiz, hamisha sabrli bo'ling!

Alloh Taolo: "Ey mo'minlar, Sabr qilingiz va sabru toqat qilishda (kofirlardan) ustun bo’lingiz"
(Oli-Imron surasi 200-oyat)

"Albata Biz to Sizlarnig orangizdagi (Bizning yo’limizda molu jonlari bilan) jihod qilguvchi va (yaxshi yomon kunlarda) Sabr qilguvchi zotlarni bilgunimizcha sizlarni imtihon qilurmiz!"
(Muhammad surasi 31-oyat)

"Ey Mo’minlar, sabr qilish va Namoz o’qish bilan (Mendan) madad so’ranglar! Albatta Alloh sabr qiluvchilar bilan birgadir!"
(Baqara surasi 153-oyat)

"Albatta kim( o’ziga yetgan ozor-aziyatlarga) sabr qilsa va (intiqom olmay Alloh, uchun) kechirib yuborsa, shak-shubhasiz, bu  ish ishlarnig maqsadga muvofig’idir!"
(Sho’ro surasi 43-oyat)

"Hech shak shubha yo’qki, Sabr Toqat qiluvchilarga ajr mukofotlari hisob kitobsiz to’la to’kis qilib berilur!"
(Zumar suarsi 10-oyat)

  
"Va albata sizlarni havfu hatar, ochlik, molu jon va  meva-chevalarni kamaytirish kabi narsalar bilan imtohon qilamiz. Bas, Sabr qiluvchilarga xushhabar bering!"
(Baqara surasi 155-oyat)

@MAHBUBIYA | OBUNA BO'LING