Get Mystery Box with random crypto!

C oʻtkir minoridagi 14-sonata. Bu Betxovenning eng mashhur kom | Rassomlar

C oʻtkir minoridagi 14-sonata. Bu Betxovenning eng mashhur kompozitsiyalaridan biri, uning tiriklik vaqtida ham shuhrati baland boʻlgan. Oʻzining asl nomi "Quasi una fantasia", unga "Moonlight Sonata" nomi uning oʻlimidan soʻng 1832-yilda musiqa tanqidchisi Lyudvig Relstab tomonidan berilgan. 1801-1802-yillar oraligʻida yozilgan. Bu muddatda Betxovenning quloqlari ogʻirlasha boshlagan edi. U bu sonatasini oʻzining 16 yosh oʻqivchisi Julyette Gvichchardiga bagʻishlagan. Bir muddat vaqt oʻtib uni qoʻlini soʻragan, lekin qiz otasi rad qilgan.

Betxoven bu sonatasini bu qadar mashhur boʻlib ketishini hatto tasavvur ham qilmagan edi, u bir doʻstiga yozgan maktubida "Hamma aynan shunga yopishib olgan, axir mening bundan ming chandon yaxshiroq kuylarim ham borku" deb yozgan. Bu kuyini yoqtirmagan.

Analiz qilib koʻramiz. Hamma, deyarli hamma sonatalar aniq bir qolipda ketadi. Aktlar tez-sekin-tez tartibda boʻlishi kerak, yaʼni sonata tez va shiddatli oqim bilan kirishi, orada sokinlashishi va yana joʻshqin maqom bilan tugallanishi lozim. Lekin Betxovenning bu sonatasi bu qolipni qoʻpollarcha buzgan va yana "Sonata" deb ham nomlangan.

Birinchi akti, "'Adagio Sostenuto" juda ham sokin, insonning butun tanasiga notalar orqali oqib kiradigan melanxolik kayfiyat yaratadi, judayam gʻamgin atmosferaga olib kiradi, butun ichidagi qoʻrquv, tashvishlarni his etishga, bu safar yanada chuqurroq va oʻychanroq his etishga majburlaydi. Birdaniga kayfiyating qanday boʻlishiga qaramay, tushkunlikni his qilasan, miyada ajoyib relaxationni sezasan, lekin qalbingda nimadir gʻimirlab qoladi.

Ikkinchi akti, "Allegreto" esa biroz jonli. Shaxsan men, agar sonatani odamga qiyos qiladigan boʻlsam, birinchi akt barda oʻtirib, siqilib, ichayotgan inson qiyofasi, ikkinchi akt esa oʻsha bardan chiqib, kayfi oshib, hiqichoq tutib, koʻchada qiyshayib yurgan inson qiyofasini tasavvur qilaman. Bu akt biroz joʻshqin, lekin uncha mashhur emas. Buni xuddiki birinchi va uchinchi akt oʻrtasidagi koʻprik deb tasavvur qilish mumkin.

Vanihoyat... Uchinchi akt, "Presto agitato". Nima desam ekan? Shu vaqtgacha jim yurgan, bir soʻz demaydigan, indamas va lekin judayam alamzada, juda ham toʻygan insonning oxiri chiday olmasdan dilidan toʻkilgan barcha achchiq, ayamas va qoʻrs, insonni dahshatga soluvchi soʻzlari deya tasavvur qilish mumkin bu aktni. Judayam ogʻir , eng badhazm yukni koʻtaradi bu akt kompozitsiyada. Birinchi akt shunchaki hamma narsadan hafsalasi pir boʻlgan insonning shunchaki bosh egib oʻtirishi boʻlsa, bu akt oʻsha insonning gʻazab bilan tikilgan nigohi va zahar tomib turgan tilidan chiqayotgan achchiq-tiziq soʻzlar boʻladi.

PSYCHO