Get Mystery Box with random crypto!

​​...shunday qilib biz ko'plab Yevropa va o'zbek rassomlari ij | Rassomlar

​​...shunday qilib biz ko'plab Yevropa va o'zbek rassomlari ijodi va hayoti, asarlari haqida ma'lumotlar ulashdik.
Bugun aslida kanal faoliyatini shundan boshlash kerak edi, degan fikr keldi mana shu mavzu yodimga tushganda. Ming bor uzrlar bilan, bugun sizlarni yurtimiz tarixining VI-VII asrlariga, Afrosiyob devoriy suratlarini tomosha qilishga taklif etaman.

O'rta Osiyo aholisining ilk o'rta asrlar tasviriy san'ati mazmun jihatdan nihoyatda boy, tasviriy jilosi jihatdan esa rango-rang bo'lgan. Arablar bosqinigacha Movarounnahr hududlarida ko'plab madaniyat o'choqlari mavjud edi. Ularning dini, urf-odatlari, shuningdek madaniy yodgorlik-obidalari bir-biridan farq qilgani hol-da, turlicha bo'lgan. Tasviriy san'atga aloqador ma'lumotlar bizgacha saqlanib qolganligi quvonarli, albatta.

Saqlanib qolgan devoriy suratlar juda o'zgacha mazmunga ega ekanligi axeologik tadqiqotlar natijasida aniqlangan. Unda qandaydir tantanali izdihom tasvir etiladi. Oldinda oq fil ustidagi taxti ravonda malika, fil sag'risida joriya taxti ravonni tutib bormoqda. Fil ortidan qorabayir, to'riq va saman mingan uchta ayol, ulardan birinchisining bilagidan pastrog'iga sug'dcha "malikaning yangasi" degan so'zlar yozilgan. Ayollarni tuya mingan ikki nafat qurollangan erkak kuzatib bormoqda. Yuqoriroqda esa ot yetaklagan kishi va to'rtta oqqush haydab borayotgan o'spirin tasvirlarini ko'rish mumkin. Ularning og'iz va burunlari oq mato bilan bog'langan. Devorning markazida boshqa rasmlardan ikki barobar kattalashtirib chizilgan suvoriy, u otliqlar qurshovida. Xona g'arbiy devorida shohona liboslarda, qimmatbaho tuhfalar ko'targan kishilar tasvirlangan. Devorda, bundan tashqari, 16 qator sug'd yozuvi bitilganini ham ko'rish mumkin. Unda "Men Chag'oniyon dabirpati (elchisi) Buxorzod hukmdor Turontosh nomidan podshoga hurmat va ehtirom izhor etgani Samarqandga keldim" degan mazmundagi so'zlar bayon etilgan. Xat oxiri "Choch elchisi (so'zga) og'iz ochdi" jumasi bilan uzilib qolgan. Bu yozuv mazmunidan bilinadiki, tasvir rassom xayoliy mushohadasi emas, aksincha Samarqandda bo'lib o'tgan tarixiy voqea - Samarqand podshosining Chag'oniyon, Choch, Farg'ona, Ustrushona davlatlari bilan elchilik munosabatlari ask etgan.

Tavsirlar garchi bust-butun bo'lmasa-da, saqlanib qolganining o'zi katta yutuq tarixnavist rassomlar uchun. Ushbu postda Afrosiyob tarixi haqida to'xtalib o'tirmadik. Bu haqda keyinroq albatta yoritishga harakat qilamiz. Bugun devoriy suratlarda aslida qanday ma'no borligi haqida ma'lumot ulashishga harakat qildik.

@Rassomlar