Get Mystery Box with random crypto!

DIQQAT TANLOV !!! O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazir | Rasmlar tanlovi

DIQQAT TANLOV !!!

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Respublika bolalar kutubxonasi g'azal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag'ishlangan “Navoiy so‘z mulkining gultoji” mavzusida Respublika onlayn koʻrik-tanlovi o‘tkazilishini e’lon qiladi.

TANLOV GʻOLIBLARIGA XALQ TAʼLIMI VAZIRLIGI TOMONIDAN DIPLOM VA SERTIFIKAT TAQDIM ETILADI.

TANLOVDA UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARINING O‘QUVCHILARI ISHTIROK ETISHI MUMKIN.

Tanlov 2021 yil 1-10 fevral kunlari Respublika bolalar kutubxonasining telegramdagi “Yoshkitobxonlar2020” kanalida o‘tkaziladi.

TANLOV SHARTLARI QANDAY???

QUYIDAGI SHARTLAR ORQALI TANLOVDA ISHTIROK ETISH MUMKIN!

1. Oʻquvchilar Alisher Navoiy qalamiga mansub ruboiy, tuyuq va gʻazallarni yod olib video ko'rinishda yuborishlari lozim. (muallifi ko'rsatilgan holda).
2. Alisher Navoiy hayoti va ijodi ingliz tilida bayon etilgan videorolik.

QUYIDAGI MANZILGA yuboring:
@RBKObidova
@RBKSabohat
@RBKTajiboeva
TANLOVGA MATERIALNI QABUL QILISHDA MAʼNOSI VA NUTQQA BAHO BERISH ORQALI KANALGA JOYLANADI.

KANALGA JOYLANGAN MATERIALLAR OVOZ BERISH ORQALI EMAS , HAKAMLAR TOMONIDAN BAHOLASH ORQALI ANIQLANADI.

Tanlov bilan bog‘liq barcha yangiliklar @bolalar_kutubxonasi telegram manzili orqali yoritib boriladi.

BARCHA O‘QUVCHI - YOSHLARNI TANLOVDA KUTIB QOLAMIZ!

KANAL: https://t.me/yoshkitobxonlar2020