Get Mystery Box with random crypto!

Men sizni oʻylayman shomu saharda, Ona, sogʻinsam ham bora ola | RASMLAR VA AFORIZMLAR

Men sizni oʻylayman shomu saharda,
Ona, sogʻinsam ham bora olamayman,
Tunlari charogʻon shunday shaharda
Hech kimga koʻnglimni yora olmayman.
Men siz aytgandayin hammani sevdim,
Hammaga ishondim, mana oqibat:
Oʻz doʻstim uyiga koʻmildi sevgim.
Kun boʻlib koʻksimni kuydirdi nafrat.
Boshimdan oʻtgani koʻkka ham ayon,
Yulduzlar qiqirlab kular oqbadan:
Men – zangor yaylovda olis, bepoyon,
Uyuridan ajrab qolgan qulunman…
Mana, men ketyapman tosh yoʻlda koʻzim,
Qadamim moshinlar yoʻrgʻasiga mos.
Yigʻlasam yupatib oʻzimni oʻzim,
Pishqirib qoʻyaman toychoqlarga xos.
Va sizni oʻylayman shomu saharda,
Ona, sogʻinsam ham bora olmasman.
Tunlari charogʻon shunday shaharda
Hech kimga koʻnglimni yora olmasman…
Ha, sevgi haqida. U dilga ne zeb,
Kuyinmang, ne iloj qilmasa nasib,
Baxtimga hamisha Siz sogʻ boʻling deb,
Sogʻingan oʻgʻlingiz – Muhammad Yusuf.
______________________________
@RASMLAR_PICTURES
______________________________
Kanalimiz