Get Mystery Box with random crypto!

Bugun yurtimizda 1 oktyabr - O'qituvchilar va murabbiylar kuni | JAHONGIR IBODULLAYEV

Bugun yurtimizda 1 oktyabr - O'qituvchilar va murabbiylar kuni.

Ming-minglab murg'ak qalblarga ezgulik yog'dusini sochadigan, o'z o'quvchilariga hayot maktabini beradigan mo'tabar zot - o'qituvchi va murabbiylarimizga bugungi kasb bayramingiz muborak bo'lsin!

Ko'z nuri va qalb qo'rini, butun ongli hayotini yosh avlodga bilim va tarbiya berishga, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida kamol toptirishga bag'ishlagan, bir so'z bilan aytganda, Vatanimizning ertangi kunining poydevorini yaratayotgan bu insonlarning olijanob mehnatiga har qancha tahsin aytsak oz.

Barcha ustoz va murabbiylarimizni Jahongir Ibodullayev jamoasi nomidan 1 oktyabr - O'qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz. Yosh avlodga ziyo nurini taratishdan aslo charchamang!

____________
Jahongir Ibodullayevni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring!
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook