Get Mystery Box with random crypto!

​​ Davlat test markazi TOEFL ITP imtihonini yo‘lga qo‘ydi | DAVLAT TEST MARKAZI

​​ Davlat test markazi TOEFL ITP imtihonini yo‘lga qo‘ydi

Xalqaro imtihon tizimlarini respublikamizda joriy etish orqali yoshlarga O‘zbekistonning o‘zida xalqaro imtihonlarni topshirish va xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lish imkoniyatini yaratish maqsadida Davlat test markazi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yib kelmoqda.

Ana shunday hamkorliklardan biri test savollarini tuzish va test sinovlarini o‘tkazish bo‘yicha dunyodagi eng yirik tashkilotlardan biri bo‘lgan AQShning Educational Testing Service (ETS) tashkiloti bilan yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, Davlat test markazi TOEFL ITP imtihonlarini tashkil etish va o‘tkazish huquqini qo‘lga kiritgan.

Unga ko‘ra, Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan TOEFL ITP imtihonlari xalqaro miqyosda tan olinadi hamda imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarga ETS tashkilotining xalqaro sertifikati beriladi.

TOEFL ITP test sinovlari Davlat test markazi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan har oy Davlat test markazi binosida onlayn tarzda o‘tkaziladi.

Mazkur test sinovining o‘ziga xos jihati talabgor test sinovi yakunlanishi bilan o‘z natijasini bilib oladi.

Test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 25-oktabrga qadar my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, test sinovida ishtirok etishlari mumkin.

Test sinovi ro‘yxatga olish yakunlangach 10 kundan so‘ng Davlat test markazida o‘tkaziladi.

Test sinovi uchun to‘lov bazaviy hisoblash miqdorining 3,5 baravarini (945 000 so‘m) tashkil qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-son qaroriga binoan C1 darajaga to‘g‘ri keluvchi TOEFL ITP sertifikatiga ega bo‘lgan ta’lim muassasalarining xorijiy tillar o‘qituvchilariga ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida qo‘shimcha ustama beriladi.

https://t.me/joinchat/LI3U6MyrXg85Y2E6