Get Mystery Box with random crypto!

#Obunachilarimizdan Assalomu alaykum. Men Qoraqalpoq davlat u | RASMIYATCHILIK_UZ

#Obunachilarimizdan

Assalomu alaykum. Men Qoraqalpoq davlat universiteti Yuridika fakultetida 2-kursda o'qiyman. Bundan bir necha kun oldin bo'lib o'tgan brifingda aytildiki, sharoiti borlar borib o'qisin, sharoiti yo'qlar o'qishni onlayn davom ettiraversin, deyildi. Shundan so'ng "2020-2021 Zoom darslari" deb nomlangan telegram guruhimizga (bu guruh online darsni tashkillashtirish maqsadida ochilgan edi) shu brifing haqida batafsil yozdim. Men onlayn o'qimoqchiman, sharoitim yaxshi emas dekan yoki rektor nomiga ariza yozib bermoqchiman, deb yozdim. Shundan bir necha 10 daqiqa o'tgandan so'ng menga kuratorim (fakultetimiz ma'naviy-marifiy ishlar bo'yicha dekan o'rinbosari) telefon qildi:
Biz seni majburlab o'qishga kiritganimiz yo'q, xohlasang o'qi, xohlamasang o'qima, o'qish niyating bo'lmasa talabalar safidan chiq, deb tahdid qildi. Shundan so'ng men bir necha marotaba o'qituvchilarga murojaat qildim. Lekin hech kim javob bermadi. Bundan tashqari bugun erta tongdan onlayn dars uchun mo'ljallangan guruhimiz o'chirib tashlanibdi.
Bu qanaqasi? Nima Qoraqalpoq davlat universiteti Oliy va o'rta-maxsus ta'lim vazirligiga bo'ysunmaydimi? Yoki vazirlikdagilarning gapi "bir tiyin"mi? Men va men singari onlayn o'qish istagida bo'lganlar qayerga murojaat qilsin?
Bizni yuridik sohada o'qitib o'zlari "yuqoridan" kelgan qonun-qoidalarga amal qilmasa(!) Ertaga biz qanday kadr bo'lib yetishishimiz mumkin?
Hop mayli o'qishga majburan bordik ham deylik. Yotoqxona ajratilmagan, o'tgan o'quv yilida ham yo'q edi. Ijaraga kvartirada turardik. Bu yil ana shu kvartira topish ham muammo Nukusda. Odamlar talabalarni ijaraga qo'ymayapti. Qo'ygan taqdirda ham narxi "osmonda". Ko'chada yotmaymizku.
Nima qilishga ham hayronman. Men Farg'ona viloyatida yashayman. 1500 km bosib ko'chada yotamanmi? Iltimos qo'ldan kelgancha yordam beringlar.
Oliy ta'limga bir necha marotaba telefon qildim. Lekin telefonni ko'tarishmadi...

Izzatxo'ja Asomiddinov:
To
'g'risi bu rasmiylar juda jonga tegdi. Bu masalani vazirlik mas'ullariga yuboraman. Hal bo'lmasa Qonunchilik palatasi deputatlariga yuboraman. Prezident qabulxonasi, xullas ortga qaytish yo'q!
Kim huquq berdi bularga, talaba odammasmi? Talabani huquqlarini poymol qilish mumkinmi? Ham kontrakt to'lab, ham qiynalsinmi? Yoki talabalarning ota-onalari pulni ko'chadan supurib olishyabdimi? Qachon bas qilasizlar talabalarni ezishni? Xudodan qo'rqmaysizmi?

Xullas, barcha blogerlarni birlashishga chaqiraman, birlashib shu masalani hal qilaylik! Talabalar uchun, yurtdoshlarimiz uchun, haqiqat, adolat uchun...

Talabalarga yuboring,
@TalabaYoshlar sahifasiga a'zo