Get Mystery Box with random crypto!

#Latifa Afandi betob bo‘lib yotsa, xotini tepasida yig‘lab o | Rasmdagi_kulgular

#Latifa

Afandi betob bo‘lib yotsa, xotini tepasida yig‘lab o‘tirgan ekan. Afandi unga termulib: — Bor, chiroyli kiyimlaringni kiyib, o‘zingga qarab chiq! – debdi. Xotini: — Qo‘ying-e, hozir ko‘nglimga pardoz-andoz sig‘armidi?! – desa, afandi uni koyib: — Ahmoq xotin! Hozir Azroil kelib qoladi. Seni ko‘rib, meni unutib qo‘yarmikin deyman-da, - debdi.

@Rasmdagi_Kulgular