Get Mystery Box with random crypto!

Notanish qizga atalgan maktub... Oppoq varoqni tasavvur qil, | Rashkchimsan❤️‍🔥

Notanish qizga atalgan maktub...

Oppoq varoqni tasavvur qil, o'sha sensan. Qo'lingda esa yozilmagan qalam, bu esa odamlar. Ya'ni bazi odamlar yozmaydigan qalamga o'xshaydi. Sen u bilan qanchalik yozishga urinsang, shunchalik qog'ozga zarar yetkazasan. Ya'ni o'zingga.
Tasavvur qil nega endi go'zal hikoyalar yozishing mumkin bo'lgan qog'ozni istamagan qalamning bemani izlari bilan to'ldirishing kerak? Nega? Undan ko'ra qog'ozni bo'sh qoldirganing yaxshi emasmi?

Hech kimni mavjudligini o'zingnikidan muhimroq sanama. Sevgini majburlab uqtirib bo'lmaydi. U insonning ichida bo'ladi. Qalbida bo'ladi.

Senga Ibn Sinoni bir gapini eslatib qo'yaman...
"G'azab jigarimizni, qayg'u o'pkalarimizni, azob oshqozonimizni, tushkunlik yurak va miyamizni, qo'rquv esa buyraklarimizni charchatadi. Bular vujudimizda ortib bo'lgani sari hamma a'zolarimizni xastalanadi."
Qalbing va ruhingni pok tut xo'pmi?

Men har doim his-tuyg'ularga ergashadigan inson bo'lganligim uchun buning badalini doim og'ir to'laganman. Hayotimning har bir daqiqasida his-tuyg'ularimga tayanib harakat qilardim. O'zimdan tez-tez "Aqlmi yoki tuyg'ularmi?" Deb so'radim va hech qachon aqlni tanlamasdim. Yutqazib qo'yishimni bilsam ham...

Qutildim deb o'ylama...
Bugunning ertasi ham bor seni ertaga ham sog'inaman va undan keyingi kun ham...

Keyingi maktublargacha ko'rishguncha...

@qizimga_maktub