Get Mystery Box with random crypto!

Nega Silikon vodiysining gigant kompaniyalariga hindistonlikla | Rashid Tojiboev

Nega Silikon vodiysining gigant kompaniyalariga hindistonliklar direktor bo‘lishyapti?

Parag Agraval Twitter'ning bosh direktori etib tayinlandi. Umuman, hozir hindistonliklar Silikon vodiysidagi asosiy kompaniyalarni: Microsoft, Alphabet (Google), Facebook'ni boshqaryapti.

Asli hindistonlik bo‘lganlar AQSH aholisining 1 foiziga teng. Lekin ular Silikon vodiysining jami ishchilarining 6 foizini tashkil qiladi.

Tata Sons kompaniyasining sobiq ijrochi direktori R.Gopalakrishnanning fikriga ko‘ra, Hindistondagi raqobat va tartibsizlik muhiti aholini tabiiy menejerlar qilib tarbiyalaydi. Bu esa ularga Amerikada yaxshi o‘rin topishlariga yordam beradi.

Shuningdek, hindlarning ingliz tilini yaxshi bilishi, hind ta’limining matematika va aniq fanlarga urg‘u berishi ham ularga ko‘proq ustunlik beradi.

Xpress.uz – Siz kutgan format