Get Mystery Box with random crypto!

Poradagi 'inflyatsiya' KunUz'ga ko'ra pora uchun javobgarlik | Rashid Tojiboev

Poradagi "inflyatsiya"

KunUz'ga ko'ra pora uchun javobgarlik yana-da kuchaytirilar ekan.

- Demak, poraning narxi yana-da oshadi! Chunki endi oluvchida ham, beruvchida ham ogohlik kuchayadi. Bu esa (pora) talab egri chizig'ini chapga siljitadi.

- Pora oluvchilar soni ko'p ehtimol bilan pastki qatlamda kamayishi mumkin. Chunki, "yuqoridan" farqli o'laroq "quyi qatlam" ning qonunni aylanib o'tishga ko'zi yetmaydi (agar qo'lga tushsa).

- Jazoning kuchaytirilishi va jazoni amalda qo'llay olishning kuchaytirilishi o'rtasida katta farq bor. Birinchisi oson va samarasiz yechim, ikkinchisi qiyin lekin samarali yechim.