Get Mystery Box with random crypto!

Meta uchinchi tomon ilovalari orqali kamida 1 million Facebook | Raqamli texnologiyalar

Meta uchinchi tomon ilovalari orqali kamida 1 million Facebook foydalanuvchisining maʼlumotlari sizib chiqqanini aniqladi. Bu haqda kompaniya xavfsizlik xizmati hisobotiga tayanib Axios xabar bermoqda.

Kompaniya shaxsiy foydalanuvchi ma'lumotlarini o'g'irlagan 400 ga yaqin ilovalarni topdi. Ulardan 355 tasi Android, 47 tasi iOS uchun ilovalar. Ushbu ilovalarning 40% ga yaqini foto muharrirlari, qolganlari esa oʻyinlar va biznes ilovalari sifatida niqoblangan.

Xavfsizlik xizmati tushuntirganidek, tajovuzkorlar zararli dasturlarni yaratadilar, ularni oddiy vositalar sifatida yashiradilar va keyin ularni do'konlarda nashr etadilar.