Get Mystery Box with random crypto!

Raqamli marketing

Telegram kanalining logotibi raqamlimarketing — Raqamli marketing R
Telegram kanalining logotibi raqamlimarketing — Raqamli marketing
Kanal manzili: @raqamlimarketing
Toifalar: Marketing
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 2.04K
Kanalning ta’rifi

Digital marketing sir-asrorlari, qiziqarli marketing uslublari va marketing olamidagi yangiliklarni yetkazib boraman😉
📥 Reklama uchun: @Muloqot_bot

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2021-06-27 15:03:43
Telegram sizni bir zum ham o‘zidan uzoqlashtirishni xohlamaydi

Telegram
butun dunyo bo'ylab o'z foydalanuvchilariga yangi 7.8 versiyasini taqdim qildi. Sezganingizdek navbatdagi versiyasida video chatlarning imkoniyatlari sezilarli darajada kengaydi.

Istalgan guruhdagi ovozli chatlardan videokonferensiyalar tashkil etish imkoniyatini yaratib berildi. Hozirda ekraningizni yoki kamerangizni videosini faqatgina 30 tagacha ishtirokchilar kuzatishi mumkin, qolgan ishtirokchilar esa videosiz suhbatlashishlari yo'lga qo'yilgan. Albatta bu yuqoridagi chegara tez orada yanada oshirilishi kutilmoqda.

Shu bilan birgalikda animatsiyali fonlar va yana boshqa kichik yangilanishlar ro'y berdi.
Quyida ushbu yangilanish haqida batafsil tanishishingiz mumkin.

P/S: Telegram sizni bir zum ham o'zidan uzoqlashtirishni xohlamaydi. Zoom platformasiga murojaatlar qilishga ham hojat qolmaydi nazarimda. Kelajakda yana qanday yangilanishlar bo'lishini kutayapsiz?

@raqamlimarketing
3.1K views12:03
Ochish/sharhlash
2021-06-26 17:34:33
"Ingliz tilini o'rganing yoki shu davlatda butun umr yashaysiz!"

Bundan oldingi postimizda marketologlar til bilishi qanchalik muhim ekanligini aytib o'tgandik. Buni yuqoridagi o'quv markazning ajoyib va kreativ reklamasida ham ko'rishimiz mumkin.

Til bilish marketologlar uchun juda qo'l keladi, ijtimoiy tarmoqlardan ayniqsa ingliz tili orqali judayam ko'p g'oyalar va ma'lumotlar olishimiz mumkin.

P/S: Qani oramizda ijtimoiy tarmoqlardan ingliz tilida g'oyalar va ma'lumotlar olib kreativlik bilan ishlaydigan marketologlar bormi?

@raqamlimarketing
2.8K viewsedited  14:34
Ochish/sharhlash
2021-06-24 16:13:06
Olovsiz tutun bo'lmaydi

Buyuk Britaniyadagi Burger King AR effektini faollashtiradigan QR kodi bilan reklama taxtalarini joylashtirdi. Agarda siz AR effektiga mobil qurilmangizni to'g'rilasangiz, telefoningiz sizga tutun orqali eng yaqin restoranga yo'nalishni ko'rsatadi.

Ochiq olovda pishirish - bu Burger Kingni ko'p jihatdan doimo eslatib turadigan xususiyatidir.

Zamonamiz an'anaviy marketingdan raqamli marketingga o'tayotganga o'xshaydi. Ammo bularni bir nuqtaga birlashtirish mumkin. Biz ko'p vaqtni Internetda o'tkazamiz, lekin biz hali ham haqiqiy dunyoda yashayapmiz va bu yerda insonlar bilan aloqalar juda ko'p.

P/S: Hozirda ko'pchilik raqamli marketingdan foydalanishni ustun ko'rmoqda. Siz qanday fikrdasiz? An'anaviy marketingdan to'liq voz kechish kerakmi?

@raqamlimarketing
2.7K viewsedited  13:13
Ochish/sharhlash