Get Mystery Box with random crypto!

Google 500 mln yevro jarimaga tortildi Fransiyaning monopol | Raqamli marketing

Google 500 mln yevro jarimaga tortildi

Fransiyaning
monopoliyaga qarshi kurashish qo'mitasi Google Newsda ommaviy axborot vositalarining sarlavhalarini ishlatib, lekin noshirlarga haq to'lamaganligi uchun Googleni jarimaga tortdi.

Jarimaga kompaniya kontentlardan foydalanish uchun saytlar bilan shartnoma tuzishiga doir qarorini e'tiborsiz qoldirgani asos qilib keltirilgan. Natijada Agence France-Presse, Le Figaro kabi yirik Fransiya nashrlari Google ustidan qo'mitaga shikoyat qilishgan.

Agar Google jarimani ikki oy ichida to'lamasa, keyingi har bir kechiktirilgan kun uchun 900 ming yevrogacha qo'shimcha jarimaga tortilishi mumkin.

Kechagina Yandex ommaviy axborot vositalariga Yandex.Newsda ularning materiallaridan foydalanganliklari uchun pul to'lashini e'lon qilgandi.

@raqamlimarketing