Get Mystery Box with random crypto!

Hayotda ko'rgan keysimni kitobda o'qib qoldim Boy ota kamba | Raqamli marketing

Hayotda ko'rgan keysimni kitobda o'qib qoldim

Boy ota kambag'al ota
kitobida Robert va uning do'sti Mayk birgalikda ish boshlashadi. Ular tish pastasidan bo'shagan tyubiklarni yig'ishadi. Mayk qo'ni-qo'shinilarga ko'p tish yuvish foydali ekanini tushuntirib, tyubiklarning bo'shashini tezlashtiradi. Aynan shu ish neyronmarketing hisoblanadi.

5 yil oldin meni hayotimda ham shunday voqea bo'lgan edi. O'sha yili O'zbekistonda tuxum savdosi tushib ketti va hech kim tuxum sotib olmay qo'ydi.

Shunda tuxum savdosi bo'yicha shug'ullanadigan katta korxonalardan biri bunday vaziyatdan moxirona chiqib ketishdi. Ular hamma foodbloger, oshxonalar, teleko'rsatuvlar bilan shartnoma qildilar va tuxumning foydali taraflari, u oqsil manbai va kaloriyalarga boy ekanligini aytishdi va tuxum iste'mol qilishni maslahat berishdi. O'sha yili tuxum savdosi va narxlar ham keskin oshdi.

P/S Neyronmarketing - bu brendni insonlar ongidan va qalbidan joy oldirish. Siz ham neyronmarketingdan foydalanilgan ishlarni bilasizmi?