Get Mystery Box with random crypto!

#Eslatma O‘QITUVCHI VA O‘QUVCHILAR “YOSHLIK” JISMONIY TARBIYA | Raqamli pedagogik xizmatlar

#Eslatma

O‘QITUVCHI VA O‘QUVCHILAR “YOSHLIK” JISMONIY TARBIYA VA SPORT JAMG‘ARMASIGA PUL TO‘LASHGA MAJBUR EMAS

Maʼlumki, ayni vaqtda taʼlim muassasalarida o‘qituvchi va o‘quvchilardan “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyatiga aʼzolik badali uchun to‘lovlar yig‘ilmoqda.

Ammo, ushbu to‘lovlar ixtiyoriy ravishda amalga oshirilishi shart. Agar siz ushbu jamiyatga aʼzo bo‘lishni istamasangiz to‘lov qilishingiz shart emas. Taʼlim muassasalari ham o‘qituvchi va o‘quvchilardan ushbu jamiyat uchun aʼzolik badallarini 100 foiz yig‘ib olishlari shart emas.

Maʼlumot uchun, O‘zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati har o‘quv yili uchun yig‘iladigan aʼzolik badali o‘n yoshga to‘lgan va undan yuqori yoshdagi umumtaʼlim maktab o‘quvchilaridan bazaviy hisoblash miqdorining 2% ni (5 ming 400 so‘m), o‘qituvchilardan bazaviy hisoblash miqdorining 4% (10 ming 800 so‘m) miqdorda ixtiyoriy ravishda amalga oshiradi.

Yig‘ilgan mablag‘larning 25% umumtaʼlim maktabiga, 25% tuman (shahar) bo‘linmalariga, 25% Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar mintaqaviy bo‘limlariga, 25% Markaziy kengash xarajatlarini qoplash uchun yo‘naltirilishi kerak.

Eslatma: “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy Kengashi joylarda aʼzolik badallarini ixtiyoriy yig‘ilishi, korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik hamda aʼzo o‘quvchi va pedagog xodimlarga tazyiq o‘tkazmaslik bo‘yicha masʼullarga alohida ko‘rsatma xatini ham yuborgan.

Hamkasblaringiz bilan ulashing, foydasi tegsa xursand bo‘lamiz.

Ijtimoiy tarmoqdagi kanallarimiz
Telegram | Facebook | Website | YouTube |