Get Mystery Box with random crypto!

#yangiliklar Ertaga kasbiy sertifikatlash sinovlarini oʻtkaz | Raqamli pedagogik xizmatlar

#yangiliklar

Ertaga kasbiy sertifikatlash sinovlarini oʻtkazish boshlanadi

Kimlar kasbiy sertifikatlash sinovlarida ishtirok etadi?

2023-2024-oʻquv yilidan boshlab umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida pedagog kasbiga birinchi marta ishga qabul qilingan stajyor-oʻqituvchilar kasbiy sertifikatlash sinovlariga jalb etilishi belgilangan.

Ushbu sinovlar 21-22-may kunlari o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Ushbu sinovlarda pedagogning mutaxassislik fani boʻyicha bilim darajasini aniqlash uchun 40 ta, pedagogik mahoratini baholash uchun 10 ta, jami 50 ta test beriladi. Har bir javob 2 baldan, jami 100 ball bilan baholanadi.

56 va undan yuqori ball toʻplagan talabgor test sinovidan oʻtgan hisoblanadi va uning shaxsiy kabinetiga elektron shakldagi sertifikat yuboriladi.

A'zo bo‘ling va bizni kuzatib boring: https://t.me/raqamli_pedagogik_xizmatlar