Get Mystery Box with random crypto!

​​ 'Xalq taʼlimi aʼlochisi' yoki 'Xalq taʼlimi fidoyisi' muko | Raqamli pedagogik xizmatlar

​​ "Xalq taʼlimi aʼlochisi" yoki "Xalq taʼlimi fidoyisi" mukofotiga sazovor boʻlish malaka oshirishda qanday ustuvorlik beradi?

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2024-yil 12-martdagi 77-son buyrugʻi bilan Uzluksiz kasbiy rivojlantirish (malaka oshirish) tizimida Muqobil malaka oshirish shakllarining roʻyxati va ularga beriladigan kredit ballar tasdiqlangan.

Buyruqqa koʻra joriy kalendar yilida Siz "Xalq taʼlimi aʼlochisi" yoki "Xalq taʼlimi fidoyisi" mukofotini olgan boʻlsangiz sizga "Uzluksiz kasbiy taʼlim" elektron platformasi orqali 18 kredit ball beriladi va malaka oshirganligingiz toʻgʻrisida sertifikat taqdim etiladi.

Buning uchun Siz erishgan yutugʻingizni asoslovchi xujjatni (guvohnoma) platformaga yuklashingizning oʻzi kifoya.

@malakaoshirish_official ni kuzatib boring!