Get Mystery Box with random crypto!

“YIL MAKTABI 2023” TANLOVIGA OVOZ BERISH DAVOM ETMOQDA Xaba | Raqamli pedagogik xizmatlar

“YIL MAKTABI 2023” TANLOVIGA OVOZ BERISH DAVOM ETMOQDA

Xabaringiz bor Respublika “YIL MAKTABI 2023” tanloviga start berilgan. Bunda gʻolib maktablar ovozlar soni orqali aniqlanadi va hozirda tanlov oʻzing eng qizgʻin pallasiga kirib bormoqda barcha oʻzi oʻqigan, ishlayotgan yoki “YIL MAKTABI 2023” nomiga munosib deb bilgan maktabiga ovoz berib, maktablarni qoʻllab quvvatlamoqda.

Ovoz beruvchining faqat bitta maktabga ovoz bera olishi jarayonning adolatli olib borilishini taʼminlaydi va tanlov yakuni boʻyicha eng koʻp ovoz toʻplab 1-2-3 oʻrinlarni band qilgan maktab maʼmuriyati diplom, esdalik sovgʻalar va pul mukofotlari bilan, hududlar miqyosida esa, har bir viloyatda eng koʻp ovoz toʻplab 1-2-3 oʻrinlarni egallagan maktab maʼmuriyatlariga sertifikatlar topshiriladi.

Ovoz berish @Yil_maktabi_2023_bot orqali amalga oshiriladi va jarayon @yuristlar_maslahati kanalida yoritib boriladi.

Ovoz berish muddati 2024 yilning 25 yanvariga qadar davom etadi.