Get Mystery Box with random crypto!

#yangiliklar Sirdaryolik o'quvchi qiz ingliz tilidan xalqaro | Raqamli pedagogik xizmatlar

#yangiliklar

Sirdaryolik o'quvchi qiz ingliz tilidan xalqaro olimpiadada go'lib bo'ldi

27-29 sentyabr kunlari Italiya poytaxti Rimda «Global Hippo Association» tashkiloti tomonidan dunyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan 273 nafar o'quvchilar ishtirokida "HIPPO" xalqaro ingliz tili fani olimpiadasining yakuniy bosqichi bo'lib o'tdi.

Guruhlar o'rtasida kechgan bilimlar bellashuvida Sirdaryo viloyati maktab o'quvchisi Nigora To'ychiboyeva «Little Hippo» guruhida g'olib bo'lib, xalqaro olimpiadada birinchi o'rinni egalladi.

Tashkilotchilar barcha sovrindorlarni xalqaro sertifikat, medal va turli qimmatbaho yutuqlar bilan taqdirladi. Ushbu xalqaro olimpiadaning kelgusi yildagi final bosqichi Italiyaning Sitsiliya orolida bo'lib o'tishi ma'lum qilindi.

Ushbu o'quvchimizni tabriklaymiz!!!

Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
telegram | facebook | youtube