Get Mystery Box with random crypto!

#Ruminiya_stajirovka Samarqand davlat universiteti raqam | INSON RESURSLARINI BOSHQARISH FAKULTETI | Rasmiy kanal.

#Ruminiya_stajirovka

Samarqand davlat universiteti raqamli iqtisodiyot kafedrasi mudiri, professor Baxodirxon Safarov Ruminiyaning Oradea universitetida tadqiqot olib borayotganligi haqida xabar bergan edik.

Tadqiqot natijasida olim ingliz tili kafedrasi katta o'qituvchisi Moxina Buzrukova hamda Oradea universitetidagi (Ruminiya) hamkorlari bilan SCOPUS xalqaro ilmiy-texnik ma'lumotlar bazasi reytingida Q1 kvartilga kiruvchi "Sustainability" jurnalida O‘zbekistonda turizm xizmatlar hajmini prognozlash usullari haqida yozilgan maqolasi chop etish uchun qabul qilindi. Endilikda hamkorlar bilan nashr etish uchun maqola tahrir qilinmoqda.

Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

Samdu.uz | Telegram | Instagram | Facebook | You tube