Get Mystery Box with random crypto!

Koreya Respublikasida ishlash istagida boʻlgan fuqarolar diqqa | Rano opa

Koreya Respublikasida ishlash istagida boʻlgan fuqarolar diqqatiga!

Koreya Respublikasida E-9 vizasi asosida quyidagi sohalarda ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar uchun joriy yil 8-14-fevral kunlari ro'yxatdan o'tish rejalashtirilgan:

Ishlab chiqarish sohasida 22248 ta
Qishloq xo'jaligi sohasida 6858 ta
Xizmat ko'rsatish-2 (mehmonxona va oshxona ishlari) sohasida 5403 ta (asosan ayollar uchun)
Qurilish sohasida 2898 ta

Eslatma!

Ro'yxatdan o'tish jarayoni nomzodlar soni yuqorida ko'rsatilgan kvotalarga yetganidan so‘ng to‘xtatiladi.
Nomzodlar yuqoridagi sohalardan faqat bittasini tanlashi kerak.
(2023-yilda kemasozlik sohasi uchun ro'yxatdan o'tgan nomzodlar 2024-yil hisobidan yana boshqa bir sohaga onlayn ro’yxatdan o’tish imkoniyati mavjud).

2024-yil 8-14-fevral kunlari Agentlik taqdim etadigan havola orqali anketa to'ldirib, ushbu anketa raqami bilan Milliy bankning mobil ilovasi yordamida (bank shoxobchalariga bormasdan) 28 $ miqdoridagi toʻlovni amalga oshirgan holda onlayn ro‘yxatdan o‘tish rejalashtirilgan.

Eps-topik test imtihonida qatnashish uchun:

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi;
18 yoshga toʻlgan (2006-yil 1-fevral sanasidan oldin tugʻilgan) hamda 40 yoshga toʻlmagan (1984-yil 2-fevral sanasidan keyin tug‘ilgan);
Koreys tilini biladigan;
Xorijga chiqish uchun taqiqi boʻlmagan;
Sogʻlom, yuqumli kasallikka chalinmagan;
Koreya Respublikasi hududiga kirishga taqiqi yoʻq;
Koreya Respublikasida E-9 yoki E-10 vizasi asosida 5 yildan ortiq muddatda ishlamagan;
Oʻzbekistonda jinoiy javobgarlikka tortilmagan, sudlanmagan boʻlishi lozim.

Roʻyxatdan oʻtish va yuklash uchun zarur maʼlumotlar:

1. Telefon raqami;
2. Xorijga chiqish pasportining sifatli rangli elektron shakldagi nusxasi (laminat qilingan tomoni, fayl hajmi 55kb dan 60kb (600x400 piksel) gacha JPG formatida boʻlishi lozim);
3. 3,5x4,5 hajmdagi oq fonli sifatli rangli rasm (fon bilan ustki kiyimning rangi bir xil boʻlmasligi kerak, fayl hajmi 13kb dan 14kb (100x300 piksel) gacha JPG formatida boʻlishi lozim).
4. Yashash manzili (viloyat, tuman, MFY, koʻcha va xonadon).

Maʼlumotlar faqat lotin alifbosida va to’g’ri kiritilishi zarur.

Nomzodlardan maʼlumotlarni xorijga chiqish pasporti asosida toʻliq va aniq kiritilishi soʻraladi. Maʼlumotlari xato yuklangan yoki kirtilgan nomzod testda qatnasha olmasligi yoki testdan muvafaqqiyatli oʻtgan taqdirda ham unga viza rad etilishi mumkin.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi test imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan fuqarolarning Koreya Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirishini kafolatlamaydi.

Murojaat uchun: 71 202-33-55

𝐑𝐀‘𝐍𝐎 𝐎𝐏𝐀- 𝐄𝐍𝐆 𝐈𝐒𝐇𝐎𝐍𝐂𝐇𝐋𝐈 𝐗𝐀𝐁𝐀𝐑 𝐕𝐀 𝐗𝐈𝐙𝐌𝐀𝐓𝐋𝐀𝐑!

RA‘NO OPA KOREYA

𝐑𝐚‘𝐧𝐨 𝐨𝐩𝐚-𝐨𝐦𝐚𝐝𝐢𝐧𝐠𝐢𝐳 𝐤𝐚𝐟𝐨𝐥𝐚𝐭𝐢𝐝𝐢𝐫!