Get Mystery Box with random crypto!

Koreya Mehnat vazirligi tomonidan Bandlikka ruxsat berish (EPS | Rano opa

Koreya Mehnat vazirligi tomonidan Bandlikka ruxsat berish (EPS) tizimi doirasida E-9 vizasi bilan Koreya Respublikasiga ishlash uchun keluvchilar soni 2021-yilda 52 ming nafar, 2022- yili 69 ming, joriy yilda esa 110 ming nafar etib belgilangan bo’lsa, kelgusi 2024-yilda Koreya rasmiylari ushbu kvota hajmini 165 mingta qilib belgilashni rejalashtirmoqda.

Bu esa ishchi kuchini yollash bo’yicha mamlakat tarixidagi eng katta ko‘rsatkichdir.

Ajratilgan kvotalar soni quyidagicha taqsimlanadi:

Ishlab chiqarish sohasida - 95 000 nafar;
• Qishloq xo'jaligi va chorvachilikda - 16 000 nafar;
• Xizmat ko'rsatish sohasida - 13 000 nafar;
• Baliqchilik sohasida - 10 000 nafar;
• Qurilish sanoatida - 6 000 nafar;
• Kemasozlik - 5 000 nafar;
• Qoʻshimcha 20 000 nafar talabdan kelib chiqqan holda taqsimlanadi.


Rasmiylar tomonidan, “noprofessional ishchi” vizasi egalari uchun faoliyat turlarini bosqichma-bosqich kengaytirish kutilmoqda. Xususan, kelgusi yildan boshlab 16 davlatdan kelayotgan E-9 ishchi vizasi egalari qo’shimcha ravishda sanoatning uchta tarmog‘ida, jumladan, restoranlar, o‘rmon xo‘jaligi va tog‘-kon sanoatida ishlashga ruxsat berish tizimi orqali ishchilarni yollash rejalashtirilmoqda.

Qayd etish joizki koreys ish beruvchilari o'rtasida yurtdoshlarimizga bo'lgan talabning ortishi fuqarolarimizning bir ish beruvchi bilan uzoq muddat qonuniy tartibda mehnat munosabatlarida bo'lishi kabi holatlarga bevosita bog'liqdir.

𝐑𝐀‘𝐍𝐎 𝐎𝐏𝐀- 𝐄𝐍𝐆 𝐈𝐒𝐇𝐎𝐍𝐂𝐇𝐋𝐈 𝐗𝐀𝐁𝐀𝐑 𝐕𝐀 𝐗𝐈𝐙𝐌𝐀𝐓𝐋𝐀𝐑!

𝐇𝐔𝐉𝐉𝐀𝐓 𝐈𝐒𝐇𝐋𝐀𝐑𝐈
ISHONCHNOMA, ROZILIK XATI
PRAVA, DIPLOM APOSTIL
Nikoh qayd etilmaganligi haqida va Sudlanmaganlik to'g'risida ma'lumotnomalarni olib berish, tarjima va APOSTIL qilish hizmati.
Taklifnoma tuldirib berish xizmati.
Тел :010-2708-6457


RA‘NO OPA KOREYA

𝐑𝐚‘𝐧𝐨 𝐨𝐩𝐚-𝐨𝐦𝐚𝐝𝐢𝐧𝐠𝐢𝐳 𝐤𝐚𝐟𝐨𝐥𝐚𝐭𝐢𝐝𝐢𝐫!