Get Mystery Box with random crypto!

13-oylik (퇴직금- ishdan ketgandan keyin(bo‘shagandan keyin)ol | Rano opa

13-oylik (퇴직금- ishdan ketgandan keyin(bo‘shagandan keyin)olinadigan pul-bonusi).
Tvejikkim, ishchi korxonadan bo‘shab ketishda beriladigan bonus puli hisoblanadi.


Tvejikkimni olish uchun 1yil(mehnat shartnomasi kuchga kirgan kundan boshlab 1yil hisoblanadi)dan ortiq ishlashi kerak bo‘lib, 1yil to'liq ishlasa tvejikkimga ilinib korxonadan bo‘shab ketishda jami ishlagan yil va oylariga hisoblar beriladi.

Misol:
1yilu 5oy ishlasa 1yilu 5oyga Tvejikkim beriladi.(1yildan utsa bo‘ldi u yogi har ishlagan oyi hisoblanadi)

Chiqib ketish kafolat sug‘urtasi(13-oylik sog‘urtasi)-출국만기보험.
Chet ellik ishchini 13-oylik(퇴직금)ni to‘lash maqsadida ISH BERUVCHI TOMONIDAN Samsung sug‘urta kompaniyasi(삼성화재)ga to‘lanadigan sugurta hisoblanadi.

Diqqat! Chet ellik ishchi ishdan bo'shaganda o‘zining 13-oyligini hisoblashi kerak va Samsung sug‘urta kompaniyasida to'plangan 13-oylik sog‘urta pulini ayirib summaning qolgan summasini ish beruvchisidan da‘vo qiladi.

Diqqat misol-1
5yil 10oyga Tvejikkim 25million chiqish kerak.
Samsung sug‘urta kompaniyasida to'plangan (ishberuvchim men uchun to‘lab kelgan, 13-oylik sog‘urtasi-출국만기보험)ning miqdori ayiriladi.
Tvejikkim summasining qo‘shimchasi bo‘lishi mumkin.
13-oylikni summasining farqi ish beruvchidan da‘vo qilinadi.
Kores tilida 퇴직금 차액 bo‘ladi
.

Diqqat misol-2
O'rtada korxonani almashtirganlar!
( eslatma: 1yildan ortiq ishlagan taqdirda)
Ishlagan yil va oylarning 13-oyligini hisoblab Samsung sug‘urta kompaniyasida to'plangan 13-oylik sug‘urtasini mehnat faoliyati tugayotganda aeroportda olib ketadi, 13-oyligimni summasining farqini ishberuvchidan da‘vo qiladi.

(bosing)13-oylikni hisoblash tablitsasi.

Chiqib ketish kafolat sug‘urtasi(13-oylik sog‘urtasi)-출국만기보험ning miqdorini Samsung sug‘urta kompaniyasiga tel qilib yoki EPS saytidagi shaxsiy kabinet orqali tekshirsa bo‘ladi.

Samsung sug‘urta kompaniyasi Call-markazi 1600-0266 o‘zbek operatori bilan bo‘glanish uchun "9"raqamini tering.

𝐑𝐀‘𝐍𝐎 𝐎𝐏𝐀- 𝐄𝐍𝐆 𝐈𝐒𝐇𝐎𝐍𝐂𝐇𝐋𝐈 𝐗𝐀𝐁𝐀𝐑 𝐕𝐀 𝐗𝐈𝐙𝐌𝐀𝐓𝐋𝐀𝐑!

𝐇𝐔𝐉𝐉𝐀𝐓 𝐈𝐒𝐇𝐋𝐀𝐑𝐈
ISHONCHNOMA, ROZILIK XATI
PRAVA, DIPLOM APOSTIL

Тел :010-2708-6457

Vaqt bilan sinalgan va ishonchingizni oqlagan Ra'no opa bilan birga bo‘ling!

RA‘NO OPA KOREYA