Get Mystery Box with random crypto!

Koreya Inson resurslarini rivojlantirish xizmati statistik yil | Rano opa

Koreya Inson resurslarini rivojlantirish xizmati statistik yilnomasiga ko'ra 2022 yil mobaynida 16 ta davlatdan Koreya Respublikasiga E-9 vizasi asosida jami 88 012 nafar mehnat migranti kirib kelgan bo'lib, ular quyidagicha taqsimlangan.

-Nepal - 14 495 nafar
-Indoneziya - 11 545 nafar
-Kambodjia - 10 438 nafar
-Vetnam - 8 909 nafar
-Myanma - 7621 nafar
-Filippin - 7 307 nafar
-Shrilanka - 6 639 nafar
-Bangladesh - 5 891 nafar
-Tailand - 5 158 nafar
-O'zbekiston - 4 238 nafar
-Pokiston - 1 941 nafar
-Sharqiy Timor - 1 249 nafar
-Mongoliya - 914 nafar
-Qirg'iziston - 888 nafar
-Laos - 611 nafar
-Xitoy - 168 nafar

Ko'rinib turganidek ushbu davlatga kirib kelish ko'lami jihatdan yurtimiz 10-o'rindan joy olgan. Shu o'rinda savol tug'iladi. Fuqarolarning E-9 vizasi asosida kirib kelishi yuzasidan kvotalar soni nimalarga bog'liq va qanday jihatlar inobatga olinadi?

-koreys ish beruvchisi bilan ish jarayonidagi munosabatlar. Bunda xodimning tartib intizomi, ishga mas'uliyatli bo'lishi inobatga olinadi.

-bir ish beruvchi bilan qonuniy tartibda uzoq muddat mehnat faoliyatini olib borish.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va  Agentlikning Koreyadagi vakolatxonasi xodimlari tomonidan yurtimizdan keladigan ishchilarga beriladigan kvotaning oshishi uchun qilinayotgan say-harakatlarga qaramay, afsuski bugungi kunda yurtdoshlarimiz turli vajlarni bahona qilib ish beruvchidan mehnat shartnomasini bekor qilishni so'rayotgan yoki talab qilayotgan holatlar ko'plab uchramoqda va bu esa o'z-o'zidan koreys ish beruvchilarning aynan o'zbek mehnat muhojirlariga bo'lgan ishonchi yo'qolib, norozilik kayfiyatini keltirib chiqarmoqda va kvotaning oshishiga asosiy to'siqlardan biri bo'lmoqda.

Namunali tarzda mehnat munosabatida bo'lish, koreys ish beruvchilari o'rtasida o'zbekistonlik ishchilarga talabning ortishiga olib kelishi mumkinligini eslatib o'tamiz va ko'p jihatdan kvota sonining ortishi fuqarolarimizga bog'liq bo'lib qolmoqda.

𝐑𝐀‘𝐍𝐎 𝐎𝐏𝐀- 𝐄𝐍𝐆 𝐈𝐒𝐇𝐎𝐍𝐂𝐇𝐋𝐈 𝐗𝐀𝐁𝐀𝐑 𝐕𝐀 𝐗𝐈𝐙𝐌𝐀𝐓𝐋𝐀𝐑!

𝐇𝐔𝐉𝐉𝐀𝐓 𝐈𝐒𝐇𝐋𝐀𝐑𝐈
ISHONCHNOMA, ROZILIK XATI
PRAVA, DIPLOM APOSTIL
Nikoh qayd etilmaganligi haqida va Sudlanmaganlik to'g'risida ma'lumotnomalarni olib berish, tarjima va APOSTIL qilish hizmati.
Taklifnoma tuldirib berish xizmati
Тел :010-2708-6457



RA‘NO OPA KOREYA

𝐑𝐚‘𝐧𝐨 𝐨𝐩𝐚-𝐨𝐦𝐚𝐝𝐢𝐧𝐠𝐢𝐳 𝐤𝐚𝐟𝐨𝐥𝐚𝐭𝐢𝐝𝐢𝐫
!