Get Mystery Box with random crypto!

Koreya Respublikasi Mehnat me'yorlari qonunining 53-moddasiga | Rano opa

Koreya Respublikasi Mehnat me'yorlari qonunining 53-moddasiga binoan, ish beruvchi va ishchi o‘zaro kelishuviga asosan, ishchi qoshimcha mehnat qilishi mumkin, ammo qo‘shimcha ish soati haftasiga 12 soatdan oshmasligi kerak.

Koreya hukumati ish o‘rinlarini ko‘paytirish maqsadida haftalik qo‘shimcha ish vaqtini qisqartirmoqda!


Haftalik me'yoriy ish kuni 5kun, kunlik ish soati 8soat (5kun × 8soat) 40 soat bo‘lib, qo‘shimcha ish vaqti 12soatdan oshmasligi kerak.
Jami haftalik ish soati (me'yoriy 40soat + qo'shma 12soat) 52 soatdan oshmasin deb mehnat qonunida belgilangan.

@rano75

Bu qonun mahalliy ishchilarga ham chet ellik ishchilarga ham barobar qo‘llaniladi.
Qonunni buzgan ish beruvchilar va ishchilar barobar jazolanadi.

Eslatma:
Ishchilar soni 5nafardan 30nafargacha ega bo‘lgan korxonalar 22-yil 31-dekabrgacha qo‘shimcha ish soati 12soatga( +8soat )yana qo'shilib haftasiga 20soat qo‘shimcha mehnat qilishlari mumkin.

Ishonchnoma, Rozilik xati, Notarius, Yozma tarjimalar!
Тел :010-2708-6457