Get Mystery Box with random crypto!

Koreyada qonuniy E-9 viza asosida ishlayotganlarga taalluqli. | Rano opa

Koreyada qonuniy E-9 viza asosida ishlayotganlarga taalluqli.
2021-yil oktyabr oyidagi kuchga kirgan qonunga binoan, oxirgi korxonada 1yildan ortiq ishlagan ishchi, albatta ishchi va ish beruvchi xohishlariga ko'ra imtihonsiz ya‘ni VIP(sodiq ishchi)tizimi bo‘yicha qaytib kelishi mumkin.

1.Ishchi yoshi chegaralmagan(imtihonga kirmasligi uchun)

2.Qaytib kelish uchun asosiy viza (yoki pandemiya sababli qo'shilgan viza muddati bilan) tugashidan oldin yoki ketishdan 1oy oldin Koreya Mehnat birjasi orqali mehnat shartnomasi qilinadi.
Viza muddati tugashidan 3 oy oldin ketsa bo‘ladi.
(4yil 7oy(qo'shma+1yil bo‘lsa 5yil 7oy) ishlaganlarga bu qonun amal qiladi)

3.Koreya mehnat birjasiga murojaat qilinadi.

4.Hujjatlar onlayn tarzda O‘zbekistonga junatiladi, ishchi O‘zbekistonga borgandan keyin bir hafta davomida Agentlikka murojaat qilish kerak.

5.2-marta kelganlarga taalluqli emas.

6.Pandemiya sababli qo'shimcha 1yil qo‘shilgani 2-marta kelishga ta'sir qilmaydi.

Ish joyini almashtirib oxirgi korxonada 1yildan ortiq ishlaganlar VIP viza tizimi bo‘yicha qaytish qonuni 24-yilning oxirigacha amal qiladi, va Koreya hukumati tomonidan qayta ko'rib chiqiladi. (Ushbu qonun davom etish etmaslik ushanda aniq ma‘lum bo‘ladi.)
Hozircha test sifatida o‘tkizilayotganini aytsa ham bo‘ladi!!!

𝐑𝐀‘𝐍𝐎 𝐎𝐏𝐀- 𝐄𝐍𝐆 𝐈𝐒𝐇𝐎𝐍𝐂𝐇𝐋𝐈 𝐗𝐀𝐁𝐀𝐑 𝐕𝐀 𝐗𝐈𝐙𝐌𝐀𝐓𝐋𝐀𝐑!

𝐇𝐔𝐉𝐉𝐀𝐓 𝐈𝐒𝐇𝐋𝐀𝐑𝐈
ISHONCHNOMA, ROZILIK XATI
Тел :010-2708-6457
🅁🄰🄽🄾 🄾🄿🄰

Vaqt bilan sinalgan va ishonchingizni oqlagan Ra'no opa bilan birga bo‘ling!

https://t.me/+FwS3-_z6N1g4NjY1