Get Mystery Box with random crypto!

YURAGING. Bunchalar ham shirin bo'lmasa muxabbat, Bunchalar h | Rangsiz Sevgimiz

YURAGING.

Bunchalar ham shirin bo'lmasa muxabbat,
Bunchalar ham shirin bo'lmasa diydoring.
Senla bo'lsam deyman, deyman to abat,
Agar urib tursa meni deb yuraging.

Sochingga bog'lanib mangu qolsam deyman,
Ko'zlaringda aksim bir umr ko'rsam deyman.
Seni uzoqlarga olib ketsam deyman,
Agar urib tursa meni deb yuraging.

Shirin o'tayotgan hayotim seniki,
Shirin hayol surgan hayolim seniki,
Qush bo'lsam gar bilgin qanotim seniki,
Agar urib tursa meni deb yuraging.

Hayotim mazmuni bo'l o'la o'lguncha,
Yuragim asiri bo'l dunyo turguncha,
Vafoli yorim bo'l ey lablari guncha,
Agar urib tursa meni deb yuraging.