Get Mystery Box with random crypto!

​​Halolimga yozilgan... [ 9-maktub ] Sendan ko‘p narsa so‘ram | RangsizGaplar

​​Halolimga yozilgan...
[ 9-maktub ]

Sendan ko‘p narsa so‘ramayman. Shunchaki, samimiy bo‘l, oddiy ko‘rin, hayotga tabassumla boq...

Ilm olginu uni ko‘p gapirma, o‘zingni qo‘yib odamlarning iyomni haqida “qayg‘urma”. Menga qanday inson ekaningni aytma, nimalarni yaxshi ko‘rishingni, ibodatlarga qanchalik chanqoqligingniyu yuzlab o‘qigan kitoblaring haqida gapirma. Men seni o‘qiy olaman. Seni tushunaman. Shu yetarli emasmi?!

Biz oilada uchta qiz ikki o‘g‘ilmiz. Onam ba’zan xafa bo‘lib: “ Yana qizim bo‘lganda edi, u bilan dardlashardim, menga mehribonroq bo‘lardi”, deydilar. Ayt, sen onamga qiz bo‘la olasanmi? Chunki, bilasanmi, men ularga doim: “Sizga kelin emas, qiz olib kelaman”, deganman. Seni kutyapdilar axir.... Kelasanmi?

Bu senga yozgan maktubimni oxirgisidir, ammo senga bo'lgan sevgimni oxiri yo'q shuni bilishingni istayman....

#Tamom

@Rangsizgaplar | #Shaxzodbek