Get Mystery Box with random crypto!

#Taft --xarom yurma, halolingga uradi degan gap rostda! - | TAQDIR HIKOYALARİ

#Taft



--xarom yurma, halolingga uradi degan gap rostda! - sovuqdan qaltiragancha dedim.
--shu paytda ham chaqib ola, chaqib ol! - u achinish bilan jilmayib sochlarimni siladi.
Oradan qancha vaqt o'tdi bilmayman sovuq suyak-suyagimdan o'tib ketardi.
--ch..ch..chi..chiqa..chiqa..qq..qo..qolay... - titragancha Zufarga mo'ltirab qaradim.
--yetarli vaqt bo'ldi menimcha, - u qoshlarini chimirib shifokor ayolga qaradi.
--yana biroz tursin, yaqinda qo'ydingku suvga?! - ayol norozi alfozda Zufarga qaradi.
--menimcha esaa yetadi, - u vannaning ichiga qo'lini solib meni ko'tarib oldi.
--tushiring, ivib ketasiz, - ho'l bo'lganim uchun tushishni istadim. Xuddi tushsam o'zim yura oladigandek!
--muzlab ketding, - u so'zlarimga e'tibor bermay meni mahkamroq bag'riga bosdi, - biroz chida, hozir ustingni o'zgartiramiz!
Xonaga kirganimizdan so'ng hamshira yordamida quruq va issiqroq kiyinib oldim. Necha kundan buyon taralmagan sochlarimni bugun yoyib biroz epaqaga keltirmoqchi bo'ldim. Ammo shu suvga tushganim sabab uyqu elta boshlagandi. Sochlarimni yoyib endi taray boshlaganimda qo'limga tekkan issiq taftdan ortimga o'girildim. Menga jilmayib qarab turgan Zufarni ko'rib yuzimga tabassum yugurdi.
--menga ber, - taroqni qo'limdan olib o'zi sochlarimni taray boshladi. Jonimni og'ritmaslikka urunayotgani mehrimni oshirsa oshirar ediki, aslo jonimni yoqmasdi. Sochlarimga tegib turgan tafti ham xush yoqar, orada bo'ynimga yaqin joyga kelib iforimni tuyayotgani ham etimni jimirlatib yuborardi.