Get Mystery Box with random crypto!

#ibrat Imom Ahmad shogirdlari Muhanna bilan birga Bag‘dod ko | Ramazon | Xorazm

#ibrat

Imom Ahmad shogirdlari Muhanna bilan birga Bag‘dod ko‘chalaridan birida yurishgandi, ikkita janjallashayotgan odamning oldidan o‘tib qoldilar.

Ularning biri ikkinchisiga: "Haromi!" - dedi.
Shunda ikkinchisi: "Sen o‘zing valadi zinosan, o‘zing haromdan tug‘ilgansan!" - deb baqirdi.

Imom Ahmad ularning oldidan kattaroq qadamlar bilan tez-tez yurib o‘tib ketmoqchi bo‘ldilar.
Muhanna esa turib qoldi.

- Tezlan, Muhanna, turma, dedilar imom.

- Bularga nasihat qilish bizga vojib bo‘ldi, ey Abu Abdulloh, dedilar Muhanna.

Shunda imom javob qildilar:

- Yur, turma, bu darajaga yetgan odamga nasihat qilinmaydi, nasihat foyda bermaydi!

"Islomiy tarbiya" risolasidan.

Mahmud Usmon

Yaqinlaringizga ham ulashing!

Kanalimizga obuna boʻlib qoʻying:
@Ramazon_Xorazm_Taqvimi