Get Mystery Box with random crypto!

Bu haqida yozmasam bo'lmaydi Bugun qiziq voqea bo'ldi. Ish yu | Kahharoff

Bu haqida yozmasam bo'lmaydi

Bugun qiziq voqea bo'ldi. Ish yuzasidan bir mijoz bilan bahslashib qilingan ish uchun to'lov qilmayman degan edi, shunga xop mayli Allohga topshirdim dedim. Allohga hamd bo'lsinki, shugunning o'zida qilinishi kerak bo'lgan to'lov 2 karra bo'lib boshqa yerdan qaytdi. Biz bilmagan va xayol qilmagan barcha narsalarni bilguvchi Allohga shukur.

Bundan ilgari ham xuddi shunga o'xshagan vaziyatlarga bir necha bor tushganman. Ammo hozirda mustaqil hayot kechirayotganim, ko'p narsa haqida qarashlarim o'zgarayotgani, atrofimdagilarning, yaqinlarimning qadri tobora ko'proq sezilayotgani uchunmi bilmadim, bu safargi vaziyat menga boshqacha ta'sir qildi.

Hammasi yaxshilikka. Nima bo'lganda ham sabr va shukur qilib yashashda davom etamiz.