Get Mystery Box with random crypto!

ABADIY SEVGIM REAKSIYA KUTAMAN YOQAN BULSA | Hayot va Murod❤️❤️❤️

ABADIY SEVGIM

REAKSIYA KUTAMAN YOQAN BULSA
10-Qism
Farid ōtirib ōyga chōmib qoldi. Uning kōzlarini esladi. Unga ilk bor boqqani, ōsha kōzlarni yana kõrib tanimagani...
-Shoshma, bir daqiqa kecha menga qaragan xamshiraning kōzlari...
Ha,albatta u tōgri aynan ōsha kōzlar edi. Topdiiim. Va nihoyat oradan 3 yil ōtib. Demak, ōsha kasalxonada ishlaydi. Yana borishim kerak. Lekin nimani bahona qilib borsam ekanaaaa. Ha, aytgancha qōlim, qōlimni bog'ichini almashtirish uchun boramanda .
Faqat, hozir emas bu paytda odam kõp bōladi. Qolaversa bugun shanba bōlsa soat 11:00 larga qarab boraman

Bonu uyga kelib ozgina damini oldi. Bugun ham uning ish kuni edi. 2 kun ketma-ket ishlaydi. Ammo,bugun soat 17:00 gaca ish vaqti. Tushga qarab borsa ham bōladi. Uyga kelib nonushta qildi, uy ishlariga ozgina yordamlashdi. Va ishiga ketish uchun tayyorlandi.

-Shu 2 kun ishlab charchaysan Bonu
-Hechqisi yoq ertaga dam olish kuniku mazza qilib keyin dam olaman. Bugun baribir darsimiz bōlmasa uyda bekor õtirib nima qilaman.
- ōzing bilasan,lekin ertaga mening ish kunim. Senga oson bōlishi uchun bugun uy ishlarini qilib qōyaman
- Baribir ōzimning dugonamsanda, seni yaxshi kōraman
-Men ham seni yaxshi kōraman
- Mayli men ketdim,ertaroq kelaman
- mayli,gōzalim yaxshi borib kel

Bonu uydan chiqib, kasalxonaga ishiga bordi. Bemorlarga qarab, ularni iliq sōzi mehri bilan davolardi. Barcha bemorlar uni yaxshi kōrishardi .
Farid nonushta qildi. Kiyimlarini kiyib tayyorlandi. Kasalxonaga, ōsha 3 yildan beri kutayotgan insonining yoniga borardi.


-Assalomu aleykum, yaxshimisiz
-Assalomu aleykum, xōsh keling qanaqa yordam berishimiz mumkin.
-Qōlimni qaratmoqchi edim. Kecha menga qaragan xamshira kerak edi.
- Shu yõlak bōylab boring ōsha yerda xamshiralar bor. Sizga kecha kim qaragan edii??
- Ismlarini bilmaymanda. Topib olsam kerak
- Boshqa xamshiralar ham bor
- Buni bilaman ōzim topaman, rahmat

Bonu qon bosimi bilan kelgan bemorga qarayotgan edi. Bemorning qon bosimini ōlchab unga tegishli kōrsatmalarni berib, dori yozib berdi. ōrnidan turib ortiga ōgirilganda esa Farid kōrib joyida qotib qoldi. Nima qilishini bilmas edi. Farid yon atrofga qarab kelar edi. Birdan qarshisida turgan, ōzidan deyarli 10 qadam narida unga qarab qolgan qizga kōzi tushdi. Bu safar uni tanidi. Uning yoniga bordi. Bonu ōzini tanimaganga solib yonidan ōtib ketmoqchi bōldi, bōlmadi
-Kechirasiz,siz kecha mening qōlimni bog'lab qōygan qizmisiz?
-Balkim, hamma bemorlarni ham eslab qola olmayman uzr
-Yoq, aniq siz edingiz. Mening yodimda. Qõlimni kõrsatgani kelgandim
-Xop hozir xamshirani chaqiraman
-Nega sizchi??
- Meni boshqa bemorlar kutishyabti ketishim kerak
-Mayli, kutaman. Axir, shuncha kutdim
-Tushunmadim
- Ertalabdan beri kutaman deyabman. Menga siz qarashingizni istayman.
- Unda kutishingizga tōg'ri keladi
-Kutsak, kutubmizda
-Xop
Bonu boshqa bemorlar yoniga bordi. Iloji boricha ularning yonida kōproq qolishga harakat qildi. Ataylab vaqtni chōzar edi. Ishi chiqib qolib ketar deya ōylagan edi.
Biroq, Farid uni kutayotgandi. Boshqa xamshiralar yordam bermoqchi bōlishdi. U rad etdi. Bonuni kutdi. Bonu ishlarini yakunlab qaytsa, Farid hali hamon ōsha yerda. Unga qarashdan boshqa iloji qolmaganini bilgandan sōng uning yoniga bordi.
- Yuring men bilan. Qõlingizning bog'ichini almashtirib beraman
- Albatta



Davomi bor...
Muallif: Bonu



Yaralangan dil