Get Mystery Box with random crypto!

ALI va FOTIMA Dunyo Laylilarga emas Fotimalarga muhtoj... 16- | 🌹🌹𝓠𝓪𝓵𝓫𝓲𝓶 𝓕𝓪𝓻𝓲𝓼𝓱𝓽𝓪𝓼𝓲 😍😍

ALI va FOTIMA
Dunyo Laylilarga emas Fotimalarga muhtoj...
16-qism

Alining ilmi ancha oshgandi.5 mahal namozni barchasini masjidda o'qirdi.Namozga barchadan oldin borardi.Doim birinchi safda namoz o'qiydi.U bn birga ba'zida Ismoil ham namozga borardi.Ismoil birinchi marta Ali bilan Bomdod namoziga keldi.Namozdan so'ng
Endi uyga borasanmi
Yo'q men qolaman
Nima qilasan
Qur'an o'qimoqchiman
Hm...men ham sen bn qolaman.Bugun kechgacha sen bilanman
Ali Qur'on o'qidi.Ismoil esa uni tinglardi.Ali Qur'on o'qib bulgach
Yaxshi qiroat qilar ekansan qachon o'rganding
ko'p bulmadi
Namoz o'qish meni charchatadi Qur'an o'qish eskichadan qolgan ish derding...Ancha o'zgaribsan
Alloh kechirsin bilib-bilmay qilganlarimni
Tong ham yorishyapti endi nima qilasan
Uyga borib maktabga tayyorgarlik ko'rish kerak
Hop yur Unda
Ali uyiga borib maktabga tayyorgarlik ko'rdi.Ota-onasi Alining namoz o'qishiga qarshilik qilmay qo'yishgandi.Sababi uning bobosi otasiga "Seni Jannatni xohlamasang bolani bunga aloqasi yuq, yaxshisi sen ham tovba qil" degandi.O'shandan beri otasi indamaydi.Oyisi ham ancha bosilib qolgan.O'g'lidan ba'zida Qur'an hatim qilib berishini surardi...

#Davomi_bor