Get Mystery Box with random crypto!

Bir kun diydor nasib bo'lar, ishonchim bor, Bag'ringizga bosh | An Ordinary Man

Bir kun diydor nasib bo'lar, ishonchim bor,
Bag'ringizga bosh qo'ygani, umidim bor.
Sizni biram sog'inganman onajonim,
Sizga qancha aytolmagan gaplarim bor!

Pichirlayman o'z-o'zimga nedur so'zlab,
Qo'llarimda suratingiz turar bo'zlab.
Shu bir parcha qog'oz bilan onajonim,
To tonggacha dardlashaman sizni izlab!

@rakhmonalievs_blog