Get Mystery Box with random crypto!

Rakhmatovs

Telegram kanalining logotibi rakhmatovs_1 — Rakhmatovs R
Telegram kanalining logotibi rakhmatovs_1 — Rakhmatovs
Kanal manzili: @rakhmatovs_1
Toifalar: Sogʻlom
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2.53K
Kanalning ta’rifi

Rahmatov Erkinjon, Dilorom, Saidjonlarning ᴏɪʟᴀᴠɪʏ ᴛᴇʟᴇɢʀᴀᴍ sᴀʜɪꜰᴀsɪ
ᴛɪʙʙɪʏ ꜰᴜɴᴅᴀᴍᴇɴᴛᴀʟ ꜰᴀɴʟᴀʀᴅᴀɴ ᴏɴʟɪɴᴇ ᴋᴜʀsɪᴍɪᴢ: @rakhmatovs_online_courses
ʏᴏᴜᴛᴜʙᴇ sᴀʜɪꜰᴀᴍɪᴢ: https://youtube.com/@rakhmatovs_1
Foydali: @rakhmatovs_kids
ᴍᴜʀᴏᴊᴀᴀᴛ ᴜᴄʜᴜɴ: @Rakhmatovsbot

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2022-08-25 18:37:25 To'g'ri javob: Ortiqcha vaznga ega (semiz) kishilar haqida gap ketmoqda. Chunki ortiqcha vazn kasalliklarga nisbatan immunitetning pasayishi, organizmning zaiflashishiga olib keluvchi omil hisoblanadi. Bu esa o'z o'zidan ishchining kelgusida tez-tez kasallanishiga hamda o'z navbatida mehnat unumdorligiga ham ta'sir o'tkazadi.
853 views15:37
Ochish/sharhlash
2022-08-25 18:33:56 10-savol
AQSH hamda G'arbiy Yevropada bir toifaga mansub kishilar uchun ishga joylashish juda murakkab masala hisoblanadi. Ish beruvchilar ularning salomatligi bilan bogʻliq kelajakda yuz berishi mumkin boʻlgan xatarlarni inobatga olgan holda ularni ishga qabul qilishda qat'iy bir qoidaga amal qilishga harakat qiladilar.

Savol: Insonning tashqi ko'rinishi bilan bogʻliq qanday muammo ishga
joylashishda halaqit berishini yozib bering.
833 views15:33
Ochish/sharhlash
2022-08-25 18:33:25 To'g'ri javob: Mahalliy anesteziya, mahalliy narkoz
808 views15:33
Ochish/sharhlash
2022-08-25 18:30:02 9-savol

Zigmund Freyd tibbiyot sohasidagi faoliyatini farmakolog sifatida boshlaydi. Fiziologik faollikni oshirish maqsadida kokainni o'zida sinab ko'rishga qaror qiladi. Uning bu kabi tajribalarida hamkasbi ham qatnashadi. Kutilmaganda kukun tegib qolgan barmoqni og'izga tekkizish oqibatida til va lablar muayyan vaqtga sezish qobiliyatini yo'qotishi ma'lum boʻladi. Keyinchali Freyd o'z avtobiografiyasida quyidagicha yozadi: "Men, garchi uni qo'limda tutib turgan boʻlsam-da, olamshumul kashfiyotning yonginasidan bee'tibor o'tib ketdim". Biroq Freydning hamkasbi bunday xatoga yo'l qo'ymaydi.

Savol: Zigmund Freydning hamkasbi shu tariqa qaysi kashfiyotga asos soladi?
833 views15:30
Ochish/sharhlash
2022-08-25 18:29:37 Javob: Mendel
Kredit: aniq javob.

Sharh: Puaro, Mendel qonunlariga ishora qilib, ko'k ko'zli ota-onalarning jigarrang ko'zli qizi bo'lishi mumkin emasligini aytadi.
775 views15:29
Ochish/sharhlash
2022-08-25 18:26:25 8-savol
Agata Kristining romanida Erkul Puaro o'zini qahramonlardan birining yaqin qarindoshi deb ko'rsatgan qiz aslida bunday emasligini taxmin qiladi.  Shu bilan birga, Puaro ota-onasining ko'k ko'zlarini, shuningdek, avstriyalikning ismini tilga oladi. 
Sizlar menga bu  familiyani yozib bering.
847 views15:26
Ochish/sharhlash
2022-08-25 18:26:09 To'g'ri javob: Transplantant organlarga.

Izoh: Yo'l harakati hodisasida halok bo'lgan mototsiklist tana a'zolari ideal donorlik manbasi hisoblanadi. Shlemlarni kiyish majburiyligi esa mototsiklistlarning hayotini saqlab qoladi. O'z-o'zidan transplantant organlarga navbatga yozilgan kishilar donor topilishini uzoqroq vaqt kutishlariga to'g'ri keladi.
767 views15:26
Ochish/sharhlash
2022-08-25 18:22:30 7-savol

Tadqiqotchilarning ta'kidlashlaricha, mototsikl haydovchilari uchun xavfsizlik dubulg'alari (shlem)dan foydalanishning majburiy qilib qo'yilishi ULARGA navbatning cho'zilib ketishiga olib keladi.

Savol: Bunday majburiyatning joriy etilishi NIMALARGA navbatning cho'zilishiga olib keladi?
850 views15:22
Ochish/sharhlash