Get Mystery Box with random crypto!

Men Fayzullayev Ozodjon BDTI Davolash ishi fakulteti 3-kurs ta | Rakhmatovs

Men Fayzullayev Ozodjon BDTI Davolash ishi fakulteti 3-kurs talabasiman.
Fiziologiya fanidan olgan bilimlarning asosiy qismiga Rakhmatovs fiziologiya kurslarida erishganman.
Kurslar judayam yuqori saviyada tashkil etilgan.
Har bir mavzu yuzasidan albatta 3-4 ta videodarslar olingan. Ular orqali fiziologiyani bemalol uyda oʻtirib oʻrganish mumkin.
Barcha maʼlumotlar asosli, eng sara rus va ingliz manbalaridan olingan. Maʼlumotlarni yigʻish ularni saralab, chiroyli videodars koʻrinishida yetkazib berish kunlab vaqt talab qilishini judayam yaxshi bilaman.
Bunday mehnatlardan keyin bizga faqat "minglab gullardan hosil boʻlgan asal"ni yeyish qolgan xolos desam toʻgʻri boʻladi.
Kurs davomida har bir mavzuni discuss qildik, vaziyatli masalalar ishladik, takrorlashlar olib bordik, kursdoshlar bilan birgalikda badiiy kitoblar mutolaa qildik.
Kichik boʻlsa-da, yuqori saviyada tashkil etilgan olimpiyadalarda qatnashdik. 1-o'rinni qoʻlga kiritganlar keyingi oy "grant" bilan oʻqishdi.
Kurs davomida ustozlarimizning samimiyligi, savollarimizga qayta-qayta va aniq, chiroyli qilib javob berishlari, bizdek dangasa talabalarni toʻla ilmga ega boʻlishimiz uchun qaygʻurishlari tahsinga sazovordir. Ulardan Alloh rozi boʻlsin! Shunday ilm yoʻlidagi kishilarimiz yanada koʻpaysin!

Sizlarga ham tavsiya qilaman