Get Mystery Box with random crypto!

#kurs_effekti Assalom alaykum, man Qahramonov Umidjon SDTU da | Rakhmatovs

#kurs_effekti

Assalom alaykum, man Qahramonov Umidjon SDTU da hozirda 4- kurs talabasiman, Rahmatov Erkinjon akani fiziologiya kursida 3 oy davomida o'qidim, kursdagi darslar juda ajoyib jahon standartlariga javob beradigan manbalardan olingan, shu sababli juda ko'p vaqtlarni tejashga yordam beradi, kimdir o'ylashi mumkin 3 oy juda uzoq muddat deb, lekin shu kursda oladigan ilmni mustaqil o'rganishsa 1 yil ham balki kamlik qiladi. Albatta bu kursda ustoz bilan qisqa vaqt ichida katta ilmlarni egallash imkoni bor. Biz karantin vaqtida fiziologiya o'qitilgan, shu sababli manda fiziologiyadan deyarli bilim yõq edi shu sababli boshqa fanlarni (patfiz, farmakalogiya....) yod olib õqir edim, jarayonni qayerdan kelganini tushunmas edim. Ilm olishda tartib yõq edi, shu sababli juda ko'p vaqtim ham ketar edi. Shu sababli o'qishdan zerikish, loqaydlik juda kõp bõlar edi, kursda esa tartib bor, ustoz bor, kursni yana eng yoqqan tomonlaridan bu kitobxonlik. Guruh qatnashchilari ham ilmga katta e'tibor berishar edi, kursni õqiganidan keyin yodlashga asoslangan õqish tizimidan tushunishga o'tdim, ketgan vaqtimga, ilm yo'lida sarflangan mablag'imga mingdan ming roziman, Alloh shu fiziologiya ustozlarimdan rozi bõlsin