Get Mystery Box with random crypto!

Har kimning oʻziga yarasha maqtanish usuli bor,ayniqsa, yosh b | 🦋Miracle🦋

Har kimning oʻziga yarasha maqtanish usuli bor,ayniqsa, yosh bolalarning maqtanishini koʻrib beixtiyor kulib qoʻyasiz.
Bir kuni avtobusda ikki bolakayning bir-biriga oʻzida bor narsani aytib ketayotganining guvohi boʻldim.
Biri dadasining mashinasi borligini aytsa,ikkinchisi togʻasi olib bergan velosipedini maqtanardi. E'tiborimni tortgani birinchi bolaning shu soʻzlari boʻldi : "Ayamning tilla tishi bor. Aya, koʻrsatvoring". ( Onasi esa boshqa ayol bilan tinmay nimalarnidir gaplashardi)
Toʻgʻrisi kulib yubordim. Bu qadar bolaning soddaligi oʻzimning ham maqtangan usullarimni yodga soldi ...
Oʻsha damlarga qaytgim keldi...