Get Mystery Box with random crypto!

​​Farzandlaringiz yoz oyini Qur'on bilan o'tkazishini istaysiz | RAHMONNING BANDALARI

​​Farzandlaringiz yoz oyini Qur'on bilan o'tkazishini istaysizmi?

Nabiy sollallohu alayhi vasallam dedilar: "Sizlarning eng yaxshilaringiz Qur'onni o'rganib, uni o'rgatganlaringizdir".

3 oylik ta'tilda farzandlaringiz Qur'oni karimni o'qib-o'rganib olishlari uchun qulay fursat tug'ildi .

"RAHMONNING BANDALARI" loyihasidagi Qur'on savodxonligi 3 oylik bolalar uchun intensiv darslarni taklif etadi.

"ONLINE QUR'ON SAVODXONLIGI"  kurslari 1 yil oldin e'lon qilingan bo'lsada, bugungacha bu kurslarda 700 dan ziyod o'quvchilar tahsil olib Qur'on qorisiga aylandilar!!!

Ushbu Qur'on muxlislari O'zbekistonning barcha viloyatlaridan, hamda qo'shni davlatlar - Qozog'iston, Tojikiston, Qirg'iziston va yana Osiyoning bir qancha davlatlari, hatto Yevropa davlatlaridan 7 yoshdan 70 yoshgacha bo'lgan o'quvchilardir...




"ONLINE QUR'ON SAVODXONLIGI KURSLARI"da hozirgacha erishilgan natijalar:

"A" YO'NALISHI - Qur'on o'qishni noldan boshlab o'rganishga kirishgan tolib va tolibalarimiz 6 oy davomida Qur'onni ravon o'qish bilan birga, 5 poragacha yod olish natijalarini qayd etishdi;

"B" YO'NALISHI - Qur'oni karimga tushgan lekin tajvid qoidalarini mukammal o'rganish va Qur'oni karimni to'liq va bexato o'qish istagida bo'lgan tolib va tolibalarimiz 6 oy davomida tajvidni mukammal qilish bilan birga Allohning kalomidan 10 poragacha yod olishga muvaffaq bo'ldilar...

”C” YO'NALISHI - Qur'oni karim hofizi bo'lish istagida bo'lgan tolib va tolibalarimiz 6 oy davomida Allohning kalomidan 20 poragacha yod olishga muvaffaq bo'ldilar. Bu yo'nalishda yana Qur'on hofizlari uchun Qu'ron hifzlarini puxta, mustahkamlab olishga ham imkoniyatlar yaratilgan.

YANGILIK
"D" INDIVIDUAL YO'NALISHI yo'lga qo'yildi. Bu yo'nalishda siz ustoz bilan yakka (individual) tartibda dars olishingiz mumkin. Endi marralarni yanada tezroq zabt eting!

A-B-C-YO'NALISHDAGI mini guruhlar uchun to'lov bir oyga 300 ming so'm. Mini guruhda talabalar soni 3 tadan oshirilmaydi.
Yangi "D" yo'nalishi uchun esa 500 ming so'm.
Agar imkoniyatingiz cheklangan bo'lsa, 50% gacha chegirma bizdan!

Eslatma:
1) Qur’on kurslariga 7 yoshdan yuqori bo’lganlar qabul qilinadi;
2) Ota-onalar farzandlarining o’qishlariga mas’ul hisoblanadilar;
3) Farzandlari har bir porani yakunlaganlaridan so’ng taqdirlashlari tavsiya etiladi.

KURSLARGA YOZIDIRISH UCHUN:
- ism va familiyangiz;
- yoshingiz;
- yashash joyingiz;
- qaysi yo'nalishda o'qish istagida ekaningiz haqidagi ma'lumotlaringizni kanalimizning aloqa bo’limi @Rahmonningbandalari_aloqa_bot ga yuborasiz va tezda sizga dars soatlari haqida ma’lumot beriladi.

RAHMONNING BANDALARI