Get Mystery Box with random crypto!

Hayratlanarli holat. Koreyadagi ilk hayratlanarli taasurot | Dilfuza Rahmatova (Korean World)

Hayratlanarli holat.

Koreyadagi ilk hayratlanarli taasurot.

Yangi kelgan vaqtlarimiz tabiat gòzalligi daraxtlar atrofni tomosha qilib yangi yashash joyiga kònikishga tayyorlanayotgan vaqtlarimiz bolajonlarim bilan boqqa chiqsak yosh bolachalar deyarli yòq edi. Aylanib yurib kalyaska surib ketayotgan yoshi katta ayolni kòrdim. Borib bir gaplashib kòray deb yaqinlashib gap boshlab qiziqishdan qarasam kalyaskada bolani òrniga kuchukcha bor ekan. Gapimni ham yòqotib qòyganman. Keyin qarasak kuchuk mushuklar juda uluģlanib kalyaskayu odamlar qòlida yurisharkan.

Bu holat deyarli oddiy holga aylanib ketdikuya unevermagu oddiy dòkonlarda bolajonlarni kiyimidan ham chiroyli kuchuk mushuklar kiyimini kòrsam endilar ģashim keladi. Shuncha sharoit rivojlanish bor bolajonlar esa deyarli na boģda na kòchalarda kòrinishadi. Qiyqirib kòcha changitadigan òzimizni bolajonlar har qayerdan ovqatga chaqirayotgan onalar, ukasini yonini olib talashayotgan aka opalar yòqligi ģalati ekan.

Yuqorida esa koreys kuchuklarining ommabop ismlari keltirilgan shu hotiralarni eslatib yubordi

@RahmatovaDilfuzaKoreaworld