Get Mystery Box with random crypto!

Rahmatov | Blog

Telegram kanalining logotibi rahmatov_blog — Rahmatov | Blog R
Telegram kanalining logotibi rahmatov_blog — Rahmatov | Blog
Kanal manzili: @rahmatov_blog
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 60
Kanalning ta’rifi

Shunchaki xayolga kelgan mulohazalar aql charxidan oʻtkazilib, ushbu sahifadan joy oladi.
Tavsiya:
@MubashshirAhmad
@Muslim_Mind

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-03-23 19:47:01 Agar bizning qoloqligimizga shubha qilsang, biz ustida tortishayotgan mavzularga boq.

(Tweet)

@Pir_Muammoiy
27 views _اوجابيك_#, edited  16:47
Ochish/sharhlash
2023-03-23 08:20:35 #kulguli_emas

Oʻzbekiston talabalari har qayerda ishlashi mumkin, ammo oʻz ustida ishlamaydi!

@Pir_Muammoiy
34 views _اوجابيك_#, 05:20
Ochish/sharhlash
2023-03-23 07:45:11 Oʻta ketgan sullohmizda!

Gʻam-tashvishsiz yashayotgan paytimizda, Allohni unutib, erishgan narsalarimizga "mehnatimizni" sabab qilib, tugʻyonga berilamiz. Bordiyu, Alloh Taolo amri bilan Yer titrasa, Allohni yodlab, Undan panoh tilaymiz, xayr va Jannat umid qilamiz. Afsuski, bu taqvo koʻp oʻtmay bizni tark etadi, ofatlar arishi bilanoq.
Qanday zamonlarga keldik, Allohni eslash uchun balolarga yoʻliqishimiz shart boʻlsaya!

@Pir_Muammoiy
32 views _اوجابيك_#, edited  04:45
Ochish/sharhlash
2023-03-16 09:50:16 Har kuni shom vaqti quyosh shu saboqni beradi:
"Gʻarbga ergashsang botgaysan!"

@Pir_Muammoiy
45 views _اوجابيك_#, 06:50
Ochish/sharhlash
2023-03-10 07:33:15 Xilvatda iblis koʻringaningiz holda, xaloyiq ichra dono koʻrinmang!

@Pir_Muammoiy
57 views _اوجابيك_#, 04:33
Ochish/sharhlash
2023-03-09 11:53:24 ​​ Дунёнинг ишлари доим шошилинч. Одатдагидек тик турганча нонушта қилаётган эдим. Онам одатдагидек қистарди:
   — Ўтирсанг-чи, болам. Бирпас ўтиргин.
   — Бўлди, кетдим.
   — Шошма, болам. — Онам кўзимга одатдагидан бошқача, қандайдир мунг билан термилди. — Гап бор.
   Типирчилаб соатга қарадим: ҳали бензин олиш керак, ишга бориш керак, кейин нашриётга ўтиш...
   — Нима эди?
   Онам кўзимга ҳамон маъюс термилиб ўтирарди.
   — Суратга тушайлик, — деди тўсатдан.
   Ажабландим.
   — Нега?
   — Яқинда мен ўламан.
   Онам бу гапни худди: “Қўшниникига чиқиб келаман”, дегандек оҳангда айтди. Кулиб юбордим.
   — Қўйсангиз-чи, ойи.
   Шундай дедим-да, чиқдим кетдим.
   Орадан икки ҳафта ўтдию... Кечалари уйғониб кетаман, ўйлайман. Ўйлайман: сен номард, сен ахмоқ нимага, нимага ўшанда кулдинг? Суратга тушишга вақтинг йўқмиди? Керак бўлса топасан-ку! Китоб учун, журнал учун, иш устида, боғда, кўчада...   Нима, сен киноюлдузмисан? Жаҳоншумул шахсмисан? Ана, бир даста суратинг ётибди. Ҳар хил. Ҳар ерда... Фақат... Онанг билан тушган суратинг йўқ!

Ўткир Хошимовнинг
"Дунёнинг ишлари" китобидан.

@Pir_Muammoiy
57 viewsجمال الدين, 08:53
Ochish/sharhlash
2023-03-07 14:21:50 "Jon ichkarida och, Tabiat esa tashqarida sarvat (boylik) va somon ichida. Shayton yeb-ichishdan oshqozon kasaliga duchor boʻlgan. Jamshid nonushta ham qilmagan. Endi sening Masihing yer yuzida, (shu yerda ekansan) dardingga davo ista. Masih koʻkka chiqishi bilan davo ham qoʻldan ketadi."

Jaloliddin Rumiy
"Ichingdagi ichingdadur"

@Pir_Muammoiy
45 viewsسيف الله, 11:21
Ochish/sharhlash
2023-03-06 08:02:36 Insoniyat ikki jinsga boʻlinadi:
Insonlar va Amerikaliklar.

Ahmad Matar

@Pir_Muammoiy
49 viewsسيف الله, 05:02
Ochish/sharhlash
2023-03-02 15:52:32 Hamon goʻdaklikdan chiqmayotgan insoniyatning keng beshigi Osiyo haqida - ushbu ulugʻvor toʻntarishlar zamini - bunda kutilmaganda birdan dahshatli ulugʻvorlik bilan xalqlar yuksaladi va kutilmaganda birdan boshqa xalqlar tomonidan soʻyib tashlanadi; bunda shunchalar koʻp qavmlar biri ortidan biri hech qaytib kelmas boʻlib yoʻqolib kettilar; holbuki hokimiyat shakllari, qavmlarning ruhi oʻsha-oʻsha bir xil; hamon osiyolik, hamon oʻsha-oʻsha vazmin, oʻsha-oʻsha magʻrur, oʻsha-oʻsha bir zumda gurillab yonadi, ehtiroslari joʻsh uradi, oʻsha-oʻsha tez tanballikka beriladi va neʼmatlar ichra turgʻun yashaydi..!

Gogol
"Tarixni oʻrganish haqida fikrlar"

@Pir_Muammoiy
54 viewsسيف الله, 12:52
Ochish/sharhlash
2023-03-02 15:43:40 Hammada izhori haqqoniyat,
Bizlarda asrori nafsoniyat,
Hammada gʻayrat va hamiyat zuhuri,
Bizlarda ixtilof va gʻaflat huzuri!

Munavvarqori

@Pir_Muammoiy
44 viewsسيف الله, edited  12:43
Ochish/sharhlash