Get Mystery Box with random crypto!

#MatbuotAnjumani Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga | Sardor Radjabov (MMTV)

#MatbuotAnjumani
Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga kirish test sinovlari yakunlari bo‘yicha matbuot anjumani

2022-yil 30-avgust kuni soat 14:00 da Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Davlat test markazi mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

Mavzu: 2022-2023 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari yakunlari.

Ishtirokchilar:

M.Karimov – Davlat test markazi direktori;
S.Radjabov – Davlat test markazi direktori o‘rinbosari;
F.Mirzayev – Davlat test markazi bosh boshqarma boshlig‘i;
Z.Olimbekov – Davlat test markazi boshqarma boshlig‘i.

OAV xodimlari va blogerlarni matbuot anjumaniga taklif qilamiz.

Matbuot anjumaniga savollarni @Rasmiy_aloqabot ga jo‘natishingiz mumkin.

Matbuot anjumani «UzReport TV» va «O‘zbekiston 24» telekanallari orqali efirga uzatiladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube