Get Mystery Box with random crypto!

Erkak sevgisi..yolg'onsiz, sohta iltifotlarsiz bo'ladi. Haddan | Raad Muhammad Al Kurdi

Erkak sevgisi..yolg'onsiz, sohta iltifotlarsiz bo'ladi.
Haddan ziyod maqtovlarsiz, me'yorida mexr koʻrsatadi.
Allohdan qo'rqadigan vijdon sohibi, aql bilan ish qiladigan, xato qilishdan hayqib turuvchi zotdir erkak.
Sevgan insonini begonaning soyasidan ham himoya qiladi, xafa qilmaydi, azoblamaydi, yig'latmaydi, hiyonat qilmaydi.
Baʼzilar bu holga-ahmoqlik deydi.
Erkak esa, bu gaplarni yelkasiga ortmaydi, toʻgʻrilikdan qoʻrqmaydi.
Sevmasa, aldamaydi, boshlanmasdan bitiradi.
Sevsa, tashlab ketmaydi, so'nggi manzilgacha qoʻllaridan tutadi.
Erkakning sevgisi chiroyli gaplarda emas, uning amallarida.
Erkakning tili emas, koʻzlari gapiradi.
Qasam ichish erkak uchun-or.
Chunki uning zabonidan toʻkilgan har bir soʻzi qasam.
Erkak uzoq sukut qiladi, uzoq kutadi..uning sabri togʻlar kabi mustahkam.
Ammo, bir kun shunday portlaydiki, yorugʻ dunyoga oʻt tushadi.
Shunday zot erkak.
U-ortiqcha soʻzlarsiz, jimgina, jiddiy, qattiq va oxirigacha sevadi.

Farohun

@Raad_Al